Today
Today’s flight schedule — November 22
+13°
overcast clouds wind 2 m/s, E

"Bavariya" is in talks with Olise

Sports
31
«Bavariya» Olise bilan kelishuvga chiqmoqda
Myunxenning Bavariya jamoasi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Michael Olise faoliyatida yangi burilish yasashi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shimoliy Amerikada o'tayotgan Jahon chempionatidagi yorqin o'yinlaridan so'ng, 24 yoshli futbolchi o'zining kelajagi borasida aniq to'xtamga kelish uchun klub rahbariyati bilan shoshilinch uchrashuv o'tkazishni so'radi. Ushbu holat Yevropa grandlari, xususan, Real Madrid tomonidan bildirilayotgan jiddiy qiziqishlar fonida yuzaga keldi.

Bu haqda Goal.com xabar beradi. Olise va uning vakillari Allianz Arena'dagi uzoq muddatli loyihada futbolchining o'rni qanday bo'lishini tushunib olmoqchi.

2024-yilda Angliyaning Kristal Pelas klubidan transfer qilingan vinger Germaniyadagi ikki mavsum davomida o'zini dunyoning eng iqtidorli o'yinchilaridan biri sifatida ko'rsata oldi. Endilikda uning transfer qiymati va nufuzi keskin oshgani sababli, amaldagi shartnoma shartlarini qayta ko'rib chiqish yoki transfer imkoniyatlarini baholash vaqti kelgan deb hisoblanmoqda.

Jahon chempionatidagi porlash va transfer bozori Olise Fransiya terma jamoasi safida turnirning haqiqiy kashfiyotiga aylandi. U guruh bosqichining barcha o'yinlarida ishtirok etib, Senegalga qarshi bahsda ikkita, Iroq bilan o'yinda esa yana ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning maydondagi kreativligi va o'yin taqdirini hal qila olish qobiliyati nafaqat muxlislar, balki skautlarning ham e'tiborini tortdi. Ayni damda Fransiya terma jamoasi yarim finalda Shvetsiyaga qarshi o'yunga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, futbolchining atrofidagilar turnir yakunlanishi bilan klub rahbariyati bilan muzokaralar stoliga o'tishni rejalashtirgan.

Bavariya tarkibida o'tgan 2025-2026 yilgi mavsum Olise uchun fenomenal keldi. U barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bunday statistika uni nafaqat Bundesliganing eng yaxshi futbolchisiga aylantirdi, balki Real Madrid, Pari Sen-Jermen va Angliya Premer-ligasi gigantlarining asosiy nishoniga aylantirdi. Ayniqsa, o'tgan mavsumni sovrinsiz yakunlagan va Joze Mourinyo boshchiligida tarkibni yangilayotgan Real Madrid uchun Olise ideal nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Myunxendagi xavotir va kelajak rejalari Bavariya rahbariyati futbolchi bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan shartnoma borligiga tayanib, xotirjamlikni saqlashga urinayotgan bo'lsa-da, ichki muhitda biroz xavotir mavjud. Ikki yil oldin imzolangan kelashuv futbolchining bugungi yulduzlik maqomiga to'liq javob bermaydi.

Klub mutasaddilari Olise o'zining sodiqligini ochiqchasiga e'lon qilishini kutishgan edi, biroq futbolchi hozircha jimlik saqlashni afzal ko'rmoqda. Bu sukunat esa uning Madridning Bernabeu stadioniga ko'chib o'tish istagi borligi haqidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.

Hozircha Michael Olise Bavariya bilan birga quyidagi yutuqlarga erishishga ulgurdi: ikki karra Bundesliga chempioni, Germaniya kubogi g'olibi, Germaniya superkubogi sohibi. Biroq futbolchining o'zi va unning aravachilari bu muvaffaqiyatlar bilan qanoatlanmay, yanada yanada ko'proq maqsadlarga erishishni maqbul deb hisoblamoqda.

Manba: Goal.com
Nodirbek RazzokovEditor-in-chief, reporter

Similar news

«Genoa» hosts «Juventus» at home
«Genoa» hosts «Juventus» at home
In the next round of the Italian Championship, Genoa, based in the city of Genoa, will host Turin’s Juventus at home. One.uz reports on this. The match is scheduled to begin at 00:45 on the night of
Sports23:53, 28-10-2026
"Nasaf" loses to "Al Kuwait" and loses playoff chances
"Nasaf" loses to "Al Kuwait" and loses playoff chances
In the third matchday of Group A of the recently concluded AFC Champions League 2 (ACL-2), "Nasaf" suffered a 0-1 home defeat against Kuwait's "Al Kuwait" club. One.uz reports on this. The only goal
Sports21:09, 28-10-2026
Real Madrid apologizes to the Chinese people for Mbappé’s actions
Real Madrid apologizes to the Chinese people for Mbappé’s actions
The diplomatic and media controversy sparked by French footballer Kylian Mbappé's joke about Mao Zedong has come to an end. One.uz reports on this. Real Madrid issued an official statement
Sports17:33, 28-10-2026
Kamilla Raximova advances to the quarterfinals of the Tokyo tournament
Kamilla Raximova advances to the quarterfinals of the Tokyo tournament
Uzbek tennis player Kamilla Rakhimova has advanced to the quarterfinals of the WTA 500 tournament being held in Tokyo. Our 25-year-old athlete, ranked 66th in the world, defeated
Sports12:55, 28-10-2026
Arteta did not link Arsenal's early elimination to a lack of sacrifice
Arteta did not link Arsenal's early elimination to a lack of sacrifice
Arsenal London was eliminated early from the FA Cup after losing to League Two side Fleetwood Town in the Round of 16. The match, which ended 1-1 after regular time, went to a
Sports09:15, 28-10-2026
Rodri blames Barcelona for lack of sharpness
Rodri blames Barcelona for lack of sharpness
In the 10th round of the Spanish La Liga, held on October 25, "Real Madrid" defeated "Barcelona" 2:1 at home in the "El Clasico" match. One.uz reports on this. This heavy defeat remained a
Sports09:14, 28-10-2026