Merilin Monro foydalangan noyob Mercedes kimoshdi savdosiga qoylindi

Buyuk Britaniyada 1950 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes Benz 170 S rusumli noyob avtomobil kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iconic Auctioneers auksion uyining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mashinadan o‘z davrining mashhur aktrisasi Merilin Monro foydalangan. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 122 kilometrgacha yetadi.
Ushbu model Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishlab chiqarilgan va hozirgi kunda yaxshi holatda saqlanib qolgan kam sonli Mercedes avtomobillaridan biri hisoblanadi. Mashinaning boshlang‘ich narxi 120 mingdan 160 ming funt sterlinggacha baholanmoqda.
Bu summa taxminan 161 mingdan 215 ming AQSH dollariga teng keladi. Mazkur qiymat Mercedes 170 S modelining bozordagi o‘rtacha narxidan ancha yuqori ekanligi sezilib turibdi.
Narxning bunday ko‘tarilishiga avtomobilning mashhur aktrisaga tegishli bo‘lgani asosiy sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil Gretsiya hududidan topilgan.
Dastlab uning Merilin Monroga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan edi. Biroq keyinchalik aktrisaning ism va familiyasi bosh harflari tushirilgan maxsus sumka hamda sug‘urta hujjati kabi muhim dalillar aniqlangan.
Tarixiy manbalarda 1956 yilda Merilin Monro aynan shu modeldagi avtomobilda Gretsiya bo‘ylab sayohat qilgani qayd etilgan. Keyinchalik sedan qayta ta’mirlangan va asl holiga keltirilgan.
Hozirgi kunda mashina o‘zining original dvigateli bilan yaxshi holatda saqlanib qolgan. Avtomobilning umumiy bosib o‘tgan masofasi taxminan 70 ming kilometrni tashkil etadi.
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]