Apple основное внимание в развитии искусственного интеллекта уделяет iPhone смартфонам.

Apple kompaniyasining yangi rahbari Jon Ternus maxsus tadbir doirasida korporatsiyaning sunʼiy intellekt sohasidagi kelgusi strategiyasini ochiqladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Uning taʼkidlashicha, kompaniya sunʼiy intellektni rivojlantirishda yangi turdagi gadjetlar yaratish oʻrniga, asosiy eʼtiborni iPhone smartfonlariga qaratadi. Ushbu yondashuv raqobatchilardan farqli oʻlaroq, foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligini saqlashga va mavjud qurilmalar imkoniyatlarini maksimal darajaga koʻtarishga xizmat qiladi.
Kupertinoda oʻtgan mazkur anjumanda Jon Ternus rahbarlik lavozimini Tim Kukdan qabul qilib olganidan keyingi ilk yirik chiqishini amalga oshirdi. Hozirda Tim Kuk kompaniyaning ijrochi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Ternusning fikriga boʻyicha, sunʼiy intellekt davrida alohida yangi qurilmalar ishlab chiqarishga ehtiyoj yoʻq, chunki bozordagi eng mukammal intellektual markaz vazifasini allaqachon iPhone bajarib kelmoqda. Ideal sunʼiy intellekt qurilmasiga qoʻyiladigan talablar Tadbir davomida yangi bosh direktor ideal sunʼiy intellekt gadjeti qanday boʻlishi kerakligi haqidagi qarashlari bilan oʻrtoqlashdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday qurilma foydalanuvchining shaxsiy ehtiyojlarini chuqur tushunishi, doimo egasining yonida





