1. Axborotning ishonchliligi va Fakt-cheking One.uz tahririyati uchun ishonchlilik – birinchi o‘rinda turadi. Har bir maqola chop etilishidan avval kamida ikkita mustaqil manba orqali tekshiriladi. Biz ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan xabarlarga emas, rasmiy bayonotlar, guvohlar ko‘rsatmasi va hujjatlarga tayanamiz.
2. Xatolarni tuzatish siyosati (Corrections Policy) Jurnalistlarimiz qanchalik ehtiyotkor bo‘lmasin, ba’zida texnik yoki faktik xatoliklar yuz berishi mumkin. Biz shaffoflik tarafdorimiz:
Agar materialda xato aniqlansa, u zudlik bilan tuzatiladi.
Maqola sarlavhasi yoki matnida o‘zgarish kiritilganda, material ostida "Tuzatish kiritildi" (Update) belgisi va o‘zgarish vaqti ko‘rsatiladi.
3. Tahririyat mustaqilligi One.uz tahririyati o‘z siyosatini mustaqil belgilaydi. "ALLTEN" MChJ muassislari yoki reklama beruvchilar tahririyatning ijodiy jarayoniga, xabarlarning mazmuniga va xolisligiga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
4. Etika me’yorlari Biz inson huquqlarini hurmat qilamiz. Millatchilik, irqchilik, diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi yoki shaxsiyatga tegadigan materiallarni chop etish qat’iyan man etiladi.