Today
Today’s flight schedule — September 10
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ

China became the second country after the US to launch a rocket from the sea

Technology
6
Xitoy raketani dengizga qo'ndirib AQSHdan keyin ikkinchi bo'ldi
Xitoyning koinot sanoati sohasidagi ulkan qadami jahon hamjamiyati e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning Aerokosmik fan va texnika davlat korporatsiyasi Long March raketasini muvaffaqiyatli uchirib, uning tezlatkich qismini dengizdagi maxsus kemaga qo‘ndirishga erishdi. Bu natija bilan Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlaridan keyin bunday murakkab texnologiyani o‘zlashtirgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylandi.

Mazkur yutuq Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasining koinotga parvozlar narxini keskin arzonlashtirgan Falcon 9 raketalariga munosib javob sifatida ko‘rilmoqda. Xitoy davlat korporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil yakuniga qadar ushbu tezlatkichni qayta ishlatish rejalashtirilgan.

Bu esa mamlakatning koinot dasturlari uchun iqtisodiy samaradorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi. Xitoy muhandislari SpaceX qo‘llaydigan texnologiyadan biroz farqli yo‘lni tanlashgan.

Falcon 9 raketalari qo‘nish vaqtida maxsus tayanch oyoqlarini ochib, platformaga tik holatda o‘tirsa, Xitoyning Long March raketasi kemadagi ulkan karkasga o‘rnatilgan maxsus to‘r yordamida tutib olinadi. Biroq har iki holatda ham muvaffaqiyatli qo‘nish uchun o‘ta murakkab yo‘naltiruvchi dasturiy ta’minot, sezgichlar va atmosferaga qayta kirishda yuqori haroratga chidamli dvigatellar talab etiladi.

SpaceX hozirda o‘zining ko‘p marta ishlatiladigan raketalari yordamida Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini kengaytirmoqda, shuningdek, NASA va AQSH Mudofaa vazirligi uchun muhim buyurtmalarni bajarmoqda. Xitoyning ushbu texnologiyani o‘zlashtirishi unga nafaqat ilmiy, balki strategik ustunlik ham beradi.

Garchi milliy xavfsizlik qoidalari tufayli Xitoy va AQSH kompaniyalari bevosita mijozlar uchun kurashmasalar-da, ushbu texnologiya global bozordagi muvozanatni o‘zgartirishi mumkin. Ko‘p marta ishlatiladigan raketalar Xitoyga o‘zining sun’iy yo‘ldosh tizimini yaratish va orbital ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish imkonini beradi.

Bu esa ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida G‘arb texnologiyasiga jiddiy raqobat tug‘diradi. Hozirda boshqa xususiy kompaniyalar ham bu yo‘nalishda izlanishlar olib bormoqda.

Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi o‘z tezlatkichini muvaffaqiyatli qaytargan bo‘lsa-da, so‘nggi texnik nosozliklar sababli sinovlarni vaqtincha to‘xtatib turibdi. Rocket Lab kompaniyasi Neutron nomli ko‘p marta ishlatiladigan raketa ustida ishlamoqda.

Stoke Space korxonasi esa to‘liq qayta ishlanuvchi raketani joriy yilda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, Ilon Mask ham to‘xtab qolish niyatida emas.

Uning ulkan Starship raketasi yaqin kunlarda navbatdagi parvozini amalga oshirishi kutilmoqda. Agar Starship to‘liq quvvat bilan ishlay boshlasa, u koinotga yuk tashish hajmi bo‘yicha barcha mavjud raketalardan o‘zib ketadi va AQSHning koinotdagi ustunligini yana bir bor mustahkamlaydi.

Similar news

Scientists at the University of Gongkong detected readings of up to 1700 mV in seawater
Scientists at the University of Gongkong detected readings of up to 1700 mV in seawater
Scientists at the Chinese Academy of Sciences have achieved up to 1700 mV in seawater. One.uz reports.
Technology23:59, 06-09-2026
Rocket Lab company launched a Japanese artificial satellite into orbit
Rocket Lab company launched a Japanese artificial satellite into orbit
Rocket Lab, one of the leading players in the aerospace industry, has successfully completed its next launch,uz. Launched from the spaceport in New Zealand, the Electron rocket
Technology03:52, 04-09-2026
Dyson equips its modern toothbrush with an optical camera and AI
Dyson equips its modern toothbrush with an optical camera and AI
Dyson has released a modern toothbrush equipped with an optical micro-camera and artificial intelligence algorithms for direct tooth control. One.uz reports. This device identifies poorly cleaned
Technology06:19, 03-09-2026
Dyson launched a modern toothbrush for real-time monitoring
Dyson launched a modern toothbrush for real-time monitoring
Dyson has introduced a modern toothbrush that directly controls the tooth-cleaning process. One.uz reports. This gadget independently detects poorly cleaned areas on the teeth in real time and
Technology06:18, 03-09-2026
Xiaomi is preparing to launch its new smart spindle fan in the international market
Xiaomi is preparing to launch its new smart spindle fan in the international market
Xiaomi is preparing to launch its new smart ceiling fan on the international market Xiaomi is preparing to launch its new smart ceiling fan, the Mijia Ceiling Fan with Light model, which features
Technology01:41, 03-09-2026
Honor 600 Pro takes first place in AnTuTu rating
Honor 600 Pro takes first place in AnTuTu rating
According to the results for August 2026 on the AnTuTu platform, a new sub-flagship ranking for Android smartphones has been announced. One.uz reports on this. This ranking reflects current trends
Technology00:48, 03-09-2026