[metatags]O‘zbekistonda harorat pasayishi va shamol kuchayadi - One.uz, 12.08.2025{short-story limit="200"}, One.uz, 12.08.2025[/metatags]

O‘zbekistonda harorat pasayishi va shamol kuchayadi

Oʻzbekiston
13
O‘zbekistonda harorat pasayishi va shamol kuchayadi
O‘zbekistonda kelayotgan o‘n kunlik ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy haftaning ikkinchi yarmida mamlakatda harorat pasayishi kuzatiladi. Respublikaning shimoliy hududlarida havo asosan bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat 13 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol odatda sharqdan 7-12 metr soniyada tezlikda esadi, 13-16 avgust kunlari ayrim hududlarda shamol tezligi 13-18 metr soniyagacha kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Kechasi harorat 13 avgustda 18-23 daraja, 14-20 avgustda 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa harorat 30-35 daraja orasida saqlanadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr soniyada esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 metr soniyagacha tezlashishi, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Kechasi harorat 13-15 avgustda 19-24 daraja, 16-20 avgustda 17-22 daraja atrofida, kunduzi esa 13-14 avgustda 34-39 daraja, 15-20 avgustda 32-37 daraja orasida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo asosan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr soniyada esadi, 13-16 avgustda ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Harorat 13-15 avgustda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 16-20 avgustda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr soniyada esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr soniyagacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 13-15 avgustda 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 16-20 avgustda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.

Vodiy hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 16-17 avgust kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol sharqdan 5-10 metr soniyada esadi. Harorat 13 avgustda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 14-15 avgustda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 16-20 avgustda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Ma’lumotlar One.uz saytidan olindi.

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026