Eron AQSH va Isroilni xalqaro javobgarlikka tortishni talab qilmoqda

Eron tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroilni mamlakat rahbariyatiga qarshi amalga oshirilgan harakatlar uchun xalqaro javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Eron ushbu masalani nafaqat o'zining ichki siyosiy pozitsiyasi, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun muhim talab deb biladi.
Baqoiyning fikricha, Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroilning qilmishlari xalqaro tinchlik va xavfsizlikka qarshi og'ir jinoyat sifatida baholanishi lozim. Rasmiy vakil ushbu voqealarni urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyat deb atab, xalqaro huquq normalari qo'pol ravishda buzilganini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, u Jeneva konvensiyasining birinchi moddasiga tayanib, barcha davlatlar xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilish va uni ta'minlash majburiyatiga ega ekanligini eslatdi. Uning qarashlariga ko'ra, ushbu qoidalar buzilganda, aybdorlarni javobgarlikka tortish Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo barcha davlatlarning umumiy burchi hisoblanadi.
Ismoil Baqoiy Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroil tomonidan sodir etilgan harakatlar xalqaro tamoyillarga zid ekanini qayd etib, BMT a'zolarini ushbu davlatlarni javobgarlikka tortishga chaqirishga undadi. Eron pozitsiyasiga ko'ra, bu masala doimiy siyosiy va huquqiy talab bo'lib qoladi hamda mamlakat o'z ichki tizimi va xalqaro huquq mexanizmlari orqali aybdorlarni jazolashga intiladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, harbiy harakatlar fevral oyining oxirlarida boshlangan bo'lib, Eron hududidagi turli obyektlar va poytaxt Tehron shahri nishonga olingan. Shu davrda Eron rahbariyatida jiddiy yo'qotishlar qayd etilgani aytilmoqda.
Mojaro natijasida qurolli kuchlar va siyosiy tuzilmalarning bir qator yuqori lavozimli vakillari halok bo'lgani ma'lum qilindi. Ushbu voqealar Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikni yanada oshirgan.
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]
[/miniposter]