Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Germaniyaning mashhur Audi konserni AQSHning Jorjiya shtatida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik zamonaviy avtozavod qurishini rasmiy e'lon qildi. Yangi korxona to'liq quvvatda ishga tushgach yiliga 200 ming dona yo'ltanlamas (SUV) avtomobillarni konveyerdan chiqaradi va mahalliy aholi uchun 4,5 mingta yangi ish o'rni yaratadi.
Bojlar bosimi va milliardlab zarar Nemis avtokonserni uchun ushbu ulkan investitsiya qarori shunchaki kengayish emas balki jiddiy iqtisodiy zaruriyat hisoblanadi. O'tgan yili Tramp ma'muriyati chetdan olib kiriladigan avtomobillarga, po'lat, alyuminiy va butlovchi qismlarga 25 foizlik bojlar joriy qilgan.
Bu oqibatida Audi bir yil ichida 1,4 milliard dollar zarar ko'rgan. Kompaniya shu kungacha AQSH bozorida sotiladigan barcha modellarni faqat Yevropa va Meksikadan import qilib kelgan.
Bu esa tariflar ostida ulkan xarajatlarni keltirib chiqargan. AQSH talablariga ko'ra mahsulot tarkibida "Amerika komponenti" ulushi yuqori bo'lgan taqdirdagina avtokonsernlar tarif bosimidan qutulishi mumkin.
Q7, Q8 va yangi flagman Q9 modellari Audi rahbariyati Amerika bozori uchun eng muhim va qimmatbaho segmentni to'liq mahalliylashtirishni rejalashtirgan. Bosh direktor Gernot Dyollner "Biz eng yirik va premium yo'ltanlamaslarimizni Jorjiya shtatining Meykon shahriga olib kelib shu yerda ishlab chiqarishni rejalashtiryapmiz.
Biz Amerika bozoriga ishonamiz va bu bizning uzoq muddatli sarmoyamizdir" deb bayon qildi. Manbalarning xabar berishicha mazkur zavodda asosan premium toifadagi Audi Q7, Q8 hamda yangi chiqadigan flagman Q9 modellarini yig'ish yo'lga qo'yiladi.
Zavod qurilishi 2027 yilda boshlanishi dastlabki avtomobillar esa 2030 yillarning boshida liniyadan chiqishi kutilmoqda. Tramp reaksiyasi va jahon bozoridagi zanjirli o'zgarishlar AQSH siyosiy doiralari ushbu qarorni milliy iqtisodiyot va "Amerikani yana qudratli qilish" dasturining muhim yutug'i sifatida baholaydi.
Donald Tramp Audi konsernini AQSHga aynan uning bojxona tariflari "olib kelganini" bildirdi. Senator Berni Moreno nemis avtogiganti yangi bojlar va oqilona boshqaruv tizimi bo'lmasida hech qachon Amerikada zavod qurmasligini ta'kidladi.
Bundan avvalroq Yaponiyaning Nissan Motor konserni ham Tramp bojlaridan qochish maqsadida o'z ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini AQSHga ko'chirish bo'yicha harakatlarni boshlagani ma'lum bo'lgan edi.





