Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Buyuk Britaniyada qizlar uchun yubka taqiqlandi

Dunyo
50
Buyuk Britaniyada qizlar uchun yubka taqiqlandi
Buyuk Britaniyada ba’zi davlat maktablari 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab qizlar uchun yubka kiyishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, barcha o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi sifatida shim va formali ustki kiyim belgilandi. Ushbu o‘zgarish ko‘plab ota-onalar tomonidan keskin tanqid qilindi va norozilikka sabab bo‘ldi.

Ta’lim vazirligi bu qarorning asosiy maqsadi ota-onalarning ortiqcha xarajatlarini kamaytirish ekanini ma’lum qildi. Vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, brendli kiyimlar o‘rniga oddiy va hamma uchun teng narxdagi liboslar tavsiya qilinmoqda.

Maktablar o‘z mustaqil qarorini qabul qilish huquqiga ega bo‘lib, bu majburiy talab emas. Shim kiyish qizlar uchun qulay va ularning harakat erkinligini cheklamaydi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Bu yangilik gender tengligini ta’minlash maqsadida joriy etilgani aytilmoqda. Yubkadan voz kechish orqali o‘quvchilar orasidagi farqlarni kamaytirish va tenglikni oshirish ko‘zda tutilgan.

Biroq, ko‘plab ota-onalar bu qarorni noto‘g‘ri deb hisoblaydi va maktab formasi qizlarning shaxsiy tanloviga aralashmasligi kerak, degan fikrni bildiradi. Hozirda ayrim maktablar yangi tartibni joriy qilishdan bosh tortgan.

Shuning uchun Buyuk Britaniya bo‘ylab bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu mavzu jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026