Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Nyu-Yorkda MRT apparatida halokat yuz berdi

Dunyo
129
Nyu-Yorkda MRT apparatida halokat yuz berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatidagi tibbiyot muassasasida yuz bergan fojia ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Vestberi shahrida joylashgan xususiy klinikalardan birida 61 yoshli erkak magnit-rezonans tomografiya (MRT) apparati tomonidan tortib olinib, og‘ir jarohatlar olib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qurbon mazkur klinikaning bemori emas, balki bir tanishini kuzatib kelgan fuqaro bo‘lgan. U ruxsatsiz ravishda ko‘rik xonasiga kirib, bo‘ynida temir zanjir bilan bo‘lgan.

Ishlayotgan MRT apparati magnit maydon ta’sirida unga reaksiya qilib, uni yerga yiqitgan va og‘ir jarohatlar yetkazgan. Nassau okrugi politsiyasi ta’kidlashicha, MRT xonasiga metall buyumlar bilan kirish qat’iyan taqiqlangan.

Yuqori magnit maydoni kichik metall detal ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. WABC telekanali xabariga ko‘ra, klinika xodimlari zudlik bilan yordamga shoshilgan, ammo shifokorlar harakatiga qaramay, erkakni hayotga qaytarishning imkoni bo‘lmagan.

U shifoxonaga yetkazilishidan avval vafot etgani aniqlangan. Ushbu voqea AQSHdagi tibbiyot muassasalarida xavfsizlik protokollarining qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hozirda klinikada ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. MRT xonasiga kirishdagi nazoratning zaifligi va xodimlarning e’tiborsizligi ham sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.

Tibbiyot mutaxassislari odamlarni ayniqsa magnit-rezonans tomografiya xizmatlari ko‘rsatilayotganda temir buyumlardan butunlay voz kechishga chaqirmoqda. Shu bilan birga, ushbu fojia ortidan AQSHda klinika va shifoxonalarda MRT xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi qoidalar joriy etilishi ehtimoli ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026