Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+21°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, janubi-g‘arb
ENRU

Xitoy Rossiyaga yashirin harbiy yordam ko‘rsatmoqda

Dunyo
42
Xitoy Rossiyaga yashirin harbiy yordam ko‘rsatmoqda
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush fonida xalqaro siyosat maydonida jiddiy shubhalar yuzaga kelmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Britaniyaning “The Sunday Times” gazetasida chop etilgan maqola ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi. Nashr sharhlovchisi Mark Galeotti Xitoyning Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishi ehtimoli yuqori ekanligini ta’kidlagan.

U bu ma’lumotlarni NATO razvedka ma’lumotlariga asoslab bergan. Galeottining so‘zlariga ko‘ra, Pekin rasmiy ravishda yordam bermasligini bildirsa-da, amalda Rossiyaga “maqsadli” mahsulotlarni yetkazishda davom etmoqda.

Bu mahsulotlar orasida dronlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan optik tolali kabellar, artilleriya yoqilg‘isini tayyorlashda zarur bo‘lgan nitrosellyuloza va boshqa muhim texnik jihozlar mavjud. Ushbu mahsulotlar harbiy va fuqarolik sohalarida qo‘llanilishi mumkinligi sababli ularning harakati shubha uyg‘otmoqda.

Shuningdek, Galeotti Xitoyning “Silent Hunter” nomli zamonaviy lazerli mudofaa tizimlarini Rossiya bilan birga sinovdan o‘tkazayotgani haqida ma’lumot bergan. Bu tizimlar past balandlikdagi havo hujumlariga qarshi mo‘ljallangan bo‘lib, front hududlarida ishlatilayotgani ehtimoli mavjud.

Eng xavotirlisi esa Xitoylik harbiylarning Rossiya armiyasida ko‘payayotgani haqidagi ma’lumotlardir. Ular rasmiy safga qo‘shilmagan, lekin yollanma sifatida frontda Rossiya askarlari bilan birga harakat qilmoqda.

Galeotti fikricha, Pekin Shimoliy Koreyani o‘tkazish yo‘li sifatida tanlab, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani “uchinchi tomon” niqobi ostida yetkazib berishi mumkin. Bu Xitoyning xalqaro maydondagi yuzini saqlab qolish harakati sifatida qaraladi.

Hozircha bu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, siyosiy tahlilchilar orasida katta xavotir uyg‘otmoqda. Agar bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelsa, xalqaro vaziyat yanada keskinlashishi ehtimoli bor.

Mutaxassislar Xitoyning bunday harakatlari AQSh va Yevropa sanksiyalariga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Rossiya esa bunday yordamni jiddiy ustunlik deb baholamoqda.

Yaqin kunlarda ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi va xalqaro siyosiy vaziyatda yangi keskinliklar yuzaga kelishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026