Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Rossiyada onlayn kinolarni qat’iy nazoratga oladilar

Dunyo
64
Rossiyada onlayn kinolarni qat’iy nazoratga oladilar
Rossiyada onlayn kinoteatrlar va yirik ijtimoiy tarmoqlarga yangi qonuniy cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Davlat Dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi mamlakatning an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini kamsituvchi filmlarni bloklash majburiyatini onlayn platformalarga yuklashni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Pravilamag nashri ma’lumot berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, kunlik foydalanuvchilari 100 mingdan oshadigan saytlar, jumladan onlayn kinoteatrlar, Madaniyat vazirligi tomonidan qadriyatlarni kamsituvchi deb topilgan yoki prokat guvohnomasidan mahrum etilgan filmlarni bir sutka ichida o‘z platformalaridan olib tashlashi shart bo‘ladi. Agar talab bajarilmasa, Rossiya aloqa va axborot nazorati organi Roskomnadzor aralashib, platformalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, 500 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoqlar ham ushbu qonun doirasida javobgar hisoblanadi. Agar foydalanuvchilar taqiqlangan kontentni joylashtirsa, platformalar ushbu kontentni o‘chirishi lozim bo‘ladi.

Yangi qonun qabul qilinsa, Madaniyat vazirligi prokat guvohnomalarini bekor qilish yoki istalgan vaqtda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar, masalan, filmga qarshi yosh chegaralarini kuchaytirish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyada prokatga chiqish huquqini olgan filmlar an’anaviy qadriyatlarni hurmat qilishi shart. Ushbu tamoyillarga zid bo‘lgan asarlar ruxsatdan mahrum etiladi.

Qonun loyihasi 24 iyun kuni Davlat Dumasida birinchi o‘qishda ma’qullangan, hozircha ikkinchi o‘qish sanasi aniqlanmagan. Hujjat kuchga kirgach, 2026 yil 1 martdan boshlab amal qiladi.

Tuzatishlarning muallifi Davlat Dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Anton Gorelkindir.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026