ENRU

Britaniyada kiberhujum 700 ishchini ishsiz qoldirdi

Dunyo
25
Britaniyada kiberhujum 700 ishchini ishsiz qoldirdi
Britaniyada kiberhujumlar ko‘plab kompaniyalar faoliyatini to‘xtatib, minglab odamlarning ishsiz qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shulardan biri – Nortgemptonshirda joylashgan va 158 yillik tarixga ega KNP logistika kompaniyasi. Ushbu kompaniya kiberhujum natijasida faoliyatini davom ettira olmasdan, 700 nafar xodim ishidan ayrildi.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, hujum «Akira» nomli hakerlar guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Ular kompaniya xodimlaridan birining oddiy va oson topiladigan parolidan foydalanib, ichki tizimga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Keyin barcha ma’lumotlar shifrlanib, ichki dasturlar ishlamay qoldi. Hakerlar ma’lumotlarni tiklash evaziga katta miqdorda tovon puli talab qilishgan.

Xatlarda hakerlar konstruktiv muloqotni boshlashni taklif qilgan. Biroq, KNP kompaniyasida tovon puli uchun zarur mablag‘ mavjud emas edi.

Natijada ma’lumotlar tiklanmadi va kompaniya bankrot deb e’lon qilindi. Bu esa 700 nafar ishchining ishsiz qolishiga olib keldi.

So‘nggi yilda Buyuk Britaniyada 19 mingga yaqin kiberhujum qayd etilgan. Odatda, hakerlar o‘rtacha 4-5 million funt sterling miqdorida tovon puli talab qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, britan kompaniyalarining uchdan biri kiberhujumdan so‘ng tovon to‘lashga majbur bo‘lgan. Fevral oyida shunga o‘xshash hujum kriptovalyuta birjasi Bybitga qilingan.

Hakerlar Ethereum kriptovalyutasini saqlovchi raqamli hamyonni nazorat qilib, 1,5 milliard dollar miqdorida mablag‘ni o‘g‘irlashgan. Ushbu voqealar kiberxavfsizlik sohasidagi muhim muammolarni ko‘rsatmoqda va kompaniyalarni ehtiyot choralarini kuchaytirishga undamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiya hukumati yosh avlodni internetning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida joriy yilning 1-noyabridan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini
DunyoBugun, 02:45
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
1876-yilning 9-oktabr kuni aloqa texnologiyalari tarixida tub burilish yasagan voqea yuz berdi. Telefon ixtirochisi Aleksandr Grem Bell va uning yordamchisi Tomas
DunyoBugun, 02:33
Peruda Gitler Mussolini ismli nomzod tuman hokimi etib saylandi
Peruda Gitler Mussolini ismli nomzod tuman hokimi etib saylandi
Peruning And tog‘lari hududida joylashgan Kveropalka tumani hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘alati ism-sharifli nomzod Gitler Mussolini Simeon Flores g‘alaba qozondi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:57
Yaman va Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi qat'iy choralar ko'rishni so'radi
Yaman va Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi qat'iy choralar ko'rishni so'radi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora keskinlashib borayotgan bir paytda, Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan rasmiy hukumati va Saudiya Arabistoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga
DunyoBugun, 01:19