Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Coldplay konsertida Kabotlar oilasi sirga fosh bo‘ldi

Dunyo
269
Coldplay konsertida Kabotlar oilasi sirga fosh bo‘ldi
AQShda bo‘lib o‘tgan Coldplay konsertida yuzaga kelgan ijtimoiy tarmoqlardagi voqea katta e’tibor va moliyaviy sirlarning oshkor bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Konsert vaqtida “o‘pish kamerasi” deb ataluvchi ekranda tomoshabinlardan biri, Endi Bayron, yonidagi ayol bilan tasvirga tushdi. O‘pish uchun mo‘ljallangan kadrda Endi Bayron ayolni chetga surib, o‘zini yashirishga harakat qildi.

Ushbu vaziyat tomoshabinlar tomonidan videoga olinib, qisqa muddatda internetda keng tarqaldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Endi Bayron Astronomer kompaniyasining sobiq rahbari, yonidagi ayol esa uning ishdagi hamkori, Kristin Kabotdir.

Internet foydalanuvchilari Kristinning rasmiy turmush o‘rtog‘i Endryu Kabotni aniqlashdi. Endryu Kabot AQShdagi mashhur Privateer Rum kompaniyasining asoschisi bo‘lib, u milliarder sifatida tanilgan.

Kabotlar oilasining umumiy boyligi 15 milliard dollarga yetadi. Kabotlar AQShning eng qadimiy va nufuzli oilalaridan biri bo‘lib, Boston shahrining “elita tabaqasi” hisoblanadi.

Ular Nova Angliya mintaqasida asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta ta’sirga ega bo‘lib kelgan. Amerikada mashhur maqol bor: “Bu eski yaxshi Boston — treska va lo‘biyoning yurti.

Louellar faqat Kabotlar bilan gaplashadi, Kabotlar esa faqat Xudo bilan”. Kabotlar oilasida ikki farzand borligi ham ma’lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, Kristin va Endi Bayronning shaxsiy munosabati yashirin davom etgan. Ammo Coldplay konsertida kamera ularni fosh qildi.

Endi Bayron bu vaziyatdan qiynalib, o‘zini yashirishga harakat qilgan, biroq uning turmush o‘rtog‘i videoni ko‘rib, shaxsiy blogida familiyasidagi “Bayron” qismini o‘chirib tashlagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026