Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar nazorati o‘zgardi

Dunyo
28
Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar nazorati o‘zgardi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan yangi qonun mamlakatda keng noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashuvchi muhim davlat organlari — Milliy Korrupsiyaga Qarshi Byuro (NABU) va Maxsus Korrupsiyaga Qarshi Prokuratura (SAPO) mustaqilligini cheklab, ularni Bosh prokuror nazoratiga o‘tkazishni nazarda tutadi. Bu o‘zgarishlar Ukraina fuqarolari va xalqaro hamjamiyat, xususan Yevropa Ittifoqi hamda G7 davlatlari tomonidan keskin tanqid qilindi.

Kiyev, Lvov, Dnipro va Odessa shaharlarida yuzlab odamlar ishtirokida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu namoyishlar Rossiya bosqini boshlanganidan beri eng yiriklaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Namoyishchilar “Biz Yevropani tanlaganmiz, avtoritarizmni emas” va “Otam shu narsa uchun hayotini fido qilmagan” degan shiorlarni ko‘tarib chiqishdi. Prezident Zelenskiy qonunni himoya qilib, korrupsiyaga qarshi organlarning faoliyati samarasiz ekanini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, yirik moliyaviy jinoyatlar yuzasidan ochilgan ishlar yillar davomida hal qilinmay, samarali natija bermay kelgan. Zelenskiy Bosh prokuratura nazoratini kuchaytirish orqali jinoiy javobgarlikni ta’minlash va tizimni “Rossiya ta’siridan” xoli qilishni maqsad qilganini bildirdi.

Xalqaro hamjamiyat ushbu qonunni qattiq tanqid qildi. Yevropa Komissiyasi vakili Giyom Mersye bu o‘zgarishlar Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi korrupsiyaga qarshi talablarni zaiflashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

Yevropa kengayish komissari Marta Kos esa NABU va SAPO mustaqilligining yo‘qolishini “jiddiy orqaga qadam” deb baholadi. U bu tashkilotlarning Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida muhim tamoyil ekanligini eslatdi.

Shuningdek, G7 davlatlari elchilari Ukraina rahbariyati bilan qonun yuzasidan alohida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026