Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+8°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Xitoyda Buyuk devor toshlarini sotishga urinish fosh qilindi

Dunyo
72
Xitoyda Buyuk devor toshlarini sotishga urinish fosh qilindi
Xitoyning Shansi viloyatida politsiya tarixiy yodgorlikni buzishga uringan juftlikni qo‘lga oldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ular ming yillik tarixga ega Buyuk Xitoy devorining og‘ir toshlarini qirqib, onlayn bozorda sotishga harakat qilgan. Linfen shahri politsiyasi marketpleysdagi shubhali e’lonni aniqlab, bu jinoyatni fosh etdi.

E’londa "Buyuk Xitoy devorining haqiqiy g‘ishti sotiladi. Narxi 95 yuan" deb yozilgan edi.

Qonunchilar jinoyat iziga tushib, qonunni buzgan juftlikni — Van va Chjenni Beychjunxuan qishlog‘ida ushladi. Ular XIV–XVII asrlarda, Min sulolasi davrida qurilgan devorning qadimiy bo‘laklarini buzib, sotayotganlari aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik allaqachon yuzdan ziyod devor toshlarini turli xaridorlarga sotgan. Qiziqarli jihati, ba’zi mijozlar sotib olgan toshlardan mamnun bo‘lib, yana qo‘shimcha buyurtma berishni xohlashgan.

Shuningdek, olimlar Buyuk Xitoy devorining qurilishiga ko‘chmanchi xunnu xalqining hujumlari sabab bo‘lganini aniqlagan. Bu xalq armiyasida ayol jangchilar ham muhim rol o‘ynagan.

Ushbu holat Xitoydagi tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishdagi muammolarga e’tiborni yana bir bor qaratadi. Bu nafaqat Xitoy, balki butun dunyo uchun tarixiy meroslarni saqlash masalasi muhimligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026