Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish xizmati ishga tushdi

Dunyo
33
Yaponiyada buvilarni ijaraga olish xizmati ishga tushdi
Yaponiyada aholiga qo‘shimcha yordam va emotsional qo‘llab-quvvatlash maqsadida “OK Obaa chan” deb nomlangan noyob xizmat ishga tushirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida 60 yoshdan oshgan buvilarni soatiga 3300 iyena, ya’ni taxminan 22 dollar evaziga ijaraga olish mumkin. Servisda yoshlari 60 dan 94 yoshgacha bo‘lgan qariyalar ro‘yxatda turibdi.

Mijozlar o‘z ehtiyojlariga qarab buvilarni tanlab, ularning xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega. Ijara uchun yollangan buvilar uy ishlarida yordam beradi, mazali taom tayyorlashni o‘rgatadi, shuningdek, samimiy suhbatlar qurib, ijobiy muhit yaratadi.

Ko‘pincha yolg‘iz yashovchi yoki oilaviy parvarishga muhtoj insonlar ushbu xizmat orqali kattalarning mehr-muruvvatidan bahramand bo‘ladi. Bundan tashqari, xizmat yoshlar va bolalarga hayot tajribasi va ma’naviy yordam ko‘rsatishga ham qaratilgan.

Ushbu tashabbus jamoatchilik orasida turlicha qarashlarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zilar bu xizmat yoshi kattalar uchun yangi imkoniyat va ijtimoiy faollik manbai ekanligini ta’kidlaydi.

Boshqalar esa notanish odamlarni uyga olib kirish xavfsizligi masalalariga jiddiy e’tibor berish zarurligini bildiradi. Bugungi kunda Yaponiyada yolg‘izlik muammosiga e’tibor qaratilgan ushbu loyiha ko‘plab fuqarolarga ma’naviy tayanadigan manba bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Yaponiyada turli ijara xizmatlari rivojlangan. Faqatgina “buvijon” emas, balki oila a’zolari yoki vaqtinchalik “ijaradagi amaki” kabi xizmatlar ham mavjud.

“OK Obaa chan” loyihasini ayollar bandligini oshirishga yo‘naltirilgan Client Partners kompaniyasi boshqaradi. Bu kompaniya mijozlarga do‘st yoki vaqtinchalik oila a’zosi xizmatlarini ham taklif qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026