Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Tailand va Kambodjada janglar davom etmoqda

Dunyo
29
Tailand va Kambodjada janglar davom etmoqda
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi bahsli chegarada artilleriya hujumlari yakshanba kuni erta tongda davom etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea AQSh prezidenti Donald Trampning ikki davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilganidan so‘ng yuz berdi. Muloqotdan keyin tomonlar o‘zaro otishmani to‘xtatishga rozi bo‘lgani haqida bayonot berilgan edi, ammo janglar to‘xtamadi.

Har ikki tomon bir-birini jangni boshlashda ayblamoqda. Kambodja Trampning sulh taklifini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Tailand Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Fumtam hujumlar to‘xtatilmaguncha muzokaralar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Bangkok ikki davlat tashqi ishlar vazirlari darajasida muzokara o‘tkazib, sulh shartlarini belgilash tarafdori. Shuningdek, Tailand uchinchi davlat vositachiligisiz kelishuvga erishishni istamoqda.

To‘rt kun davom etgan janglarda halok bo‘lganlar soni 30 dan oshdi. Ular orasida Tailandda 13 va Kambodjada 8 tinch aholi vakili bor.

Ikkala davlatda 200 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Donald Tramp shanba kuni Tailand va Kambodja bosh vazirlari bilan muloqot qilib, ularni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazib, sulhga erishishga chaqirdi.

U ijtimoiy tarmoqda har ikki tomon tinchlik izlayotgani haqida yozdi. AQSh hukumati mojaro tinch yo‘l bilan hal etilmaguncha ikki davlat bilan bojxona muzokaralarini to‘xtatganini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026