Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Yevro kursi yangi savdo kelishuvi bilan ko‘tarildi

Dunyo
44
Yevro kursi yangi savdo kelishuvi bilan ko‘tarildi
2025-yil 28-iyul kuni xalqaro valyuta bozorlarida Yevro kursi oz miqdorda ko‘tarildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu o‘zgarish AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan yangi savdo kelishuvi bilan bog‘liqdir. Ushbu kelishuv jahon miqyosidagi savdo urushlarini oldini olishga qaratilgan eng muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp va Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Shotlandiyada uchrashib, yangi savdo kelishuvi haqida e’lon qildilar. Bitimga ko‘ra, Yevropadan AQSHga import qilinadigan mahsulotlarga 15 foizlik tarif joriy qilinadi.

Bu stavka Tramp ilgari bildirgan 30 foizlik tarifdan ancha pastdir. Mazkur yangilikdan so‘ng Yevro AQSH dollari qarshisida 1,1753 darajaga ko‘tarildi.

Yapon yenasiga nisbatan esa valyuta 173,64 darajagacha mustahkamlandi va so‘nggi bir yil ichida eng yuqori nuqtaga yetdi. Bu Yevro uchun ketma-ket beshinchi kunlik o‘sish hisoblanadi.

Trampning bayonotiga ko‘ra, Yevropa AQSHga taxminan 600 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Yevropa amerikalik energetika va harbiy mahsulotlarni ko‘proq xarid qiladi.

Ba’zi iqtisodchilar fikricha, bu holat Yevropadan AQSHga kapital oqimini kuchaytirib, uzoq muddatda Yevroning qadrsizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026