Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Ukraina infratuzilmasini tiklashga 524 milliard dollar kerak

Dunyo
39
Ukraina infratuzilmasini tiklashga 524 milliard dollar kerak
Yaqinda BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika masalalari bo‘yicha BMT bosh kotibining o‘rinbosari Miroslav Yensa Ukrainada urush oqibatida yo‘q qilingan infratuzilmalarni tiklash uchun kamida 524 milliard dollar talab qilinishini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu mablag‘ keyingi o‘n yil davomida barcha zararlarni qoplash uchun zarur bo‘ladi. Yensa o‘z chiqishida Rossiyaning Ukrainadagi fuqaroviy infratuzilmalarga qarata qilayotgan hujumlarini qattiq tanqid qildi va bunday harakatlar natijasida yetkazilayotgan zararlar kun sayin ortib borayotganini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan boshlab Rossiyaning harbiy harakatlari oqibatida 13 580 tinch aholi vakili, jumladan 716 bola halok bo‘lgan. Shuningdek, Yensa Ukrainadagi gumanitar vaziyatning og‘irlashayotganini aytdi.

Joriy yilning birinchi yarmida jabrlangan tinch aholi soni o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshgan. Ayrim hududlarda uzoq masofaga uchuvchi raketalar va dronlar orqali amalga oshirilayotgan hujumlar ko‘payganligi sababli, aholining oziq-ovqat, toza suv, elektr energiyasi va tibbiy xizmatlardan foydalanishi cheklangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada 3,7 million kishi o‘z uyini tashlab, mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Yana 6 million ukrainalik esa chet ellarda qochqin sifatida yashamoqda.

BMT bosh kotibining o‘rinbosari Xavfsizlik Kengashi a’zolaridan Ukrainada tinch aholi va fuqaroviy infratuzilmani himoya qilish, insonparvarlik yordamini kengaytirish hamda gumanitar operatsiyalarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishni so‘radi. So‘nggi haftalarda Rossiya va Ukraina Istanbulda diplomatik muzokaralar olib borayotgani ta’kidlandi.

Yensa bu muloqotlar urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga yetkazgan zarariga doir turli raqamlar mavjud.

Masalan, Germaniya kansleri Fridrix Mers ikki hafta avval Moskvaning Ukrainaga yetkazgan zarar uchun taxminan 500 milliard yevro tovon to‘lashi kerakligini aytgan. Buyuk Britaniyaning “The Times” gazetasi tahlilchilari esa urushdan keyin Ukraina infratuzilmasini tiklash uchun kamida 400 milliard funt sterling, ya’ni 532 milliard dollar sarflanishi mumkinligini ta’kidlagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026