Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Yaponiyada o‘qituvchi qo‘shimcha ish uchun ishdan bo‘shatildi

Dunyo
58
Yaponiyada o‘qituvchi qo‘shimcha ish uchun ishdan bo‘shatildi
Yaponiyada bir o‘qituvchi qo‘shimcha ishlashi sababli asosiy ishidan mahrum bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

60 yoshli maktab muallimi maoshini oshirish maqsadida uyi yaqinidagi do‘konda savdo bilan shug‘ullangan. Uning bu harakati qonunbuzarlik sifatida ko‘rilmagan bo‘lsa-da, mahalliy ta’lim tizimi bunday holatlarga qat’iy munosabatda bo‘ladi.

Vaziyat do‘konga kelgan mijozlardan biri ta’lim departamentiga shikoyat qilgach aniqlangan. Maktab direktori xabarni olgach, shaxsan do‘konga borib, holatni o‘rganib chiqdi va o‘qituvchining qo‘shimcha faoliyati o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Natijada o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Qiziq tomoni shundaki, muallim hech qachon darsni qoldirmagan, o‘quvchilarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan va vazifalarini vijdonan bajargan.

Biroq rahbariyat uni ota-onalar va o‘quvchilar oldida kechirim so‘rashga ham majbur qilgan. Mutaxassislarning fikricha, Yaponiyada qo‘shimcha ishlashga nisbatan salbiy qarash mavjud.

Ular bu holat asosiy ishga charchoq va e’tiborsizlikni keltirib chiqaradi deb hisoblaydi. Shuning uchun davlat idoralari, ayniqsa ta’lim muassasalari, bu masalada qat’iy intizom talab qiladi.

Boshqa tarafdan, ko‘pchilik bu qarorni ortiqcha qattiqqo‘llik deb baholamoqda. Ularning fikricha, o‘qituvchining qo‘shimcha ish qilishi moliyaviy ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lib, unga tushunish bilan yondashish zarur edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar ustozni himoya qilsa, boshqalar tizimni qo‘llab-quvvatladi.

Har holda, ushbu voqea Yaponiyada kasbiy etikaga qanday yondashish kerakligi haqida chuqur fikr yuritishga undadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026