Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya takliflarini rad etdi

Dunyo
63
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya takliflarini rad etdi
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar yana taranglashdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, mamlakat siyosiy elitasidagi ta’sirli shaxslardan biri Kim Yo Chjon Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning yarashuvga qaratilgan barcha urinishlarini qat’iyan rad etdi. Bu haqda aljazeera.com xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya rasmiylari chegara hududida olib borilayotgan tashviqot eshittirishlarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan. Biroq Kim Yo Chjon bu qadamni ilgari qilinmasligi kerak bo‘lgan ishni vaqtincha to‘xtatish deb baholadi.

U ta’kidlashicha, agar Seul bir necha hissiyotli so‘zlar bilan avvalgi siyosiy voqealarni unutishga urinsa, bu jiddiy va kechirib bo‘lmas xatoga aylanishi mumkin. Shuningdek, u Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni APEC sammitiga taklif qilish fikrini xayolparastlik deb atadi.

Kim Yo Chjon fikricha, yangi hukumatning Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan harbiy ittifoqqa sodiqligi va Pxenyanga qarshi pozitsiyasi avvalgi konservativ prezident davridan deyarli farq qilmaydi. Kim Yo Chjon shunday dedi: “Seul qanday siyosat olib bormasin, qanday takliflar qilmasin, Pxenyanning bunday harakatlarga hech qanday qiziqishi yo‘q.

Janubiy Koreya bilan uchrashuv yoki muzokara o‘tkazishga asos ko‘rmeymiz.” Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon joriy yil iyun oyida hokimiyatga kelgan. U boshchiligidagi demokratik partiya ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash tarafdori sifatida tanilgan, ammo amaliy natijalar hozircha sezilmayapti.

Shu bilan, Koreya yarimorolida vaziyat yanada keskinlashmoqda. Muzokaralar va yarashuvga bo‘lgan umidlar kamayayotgan bir paytda, mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar yana birinchi o‘ringa chiqmoqda.

Jamoatchilik esa Koreyalar munosabatlarining kelajagi qanday bo‘lishini kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026