Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Tailand va Kambodja chegarasida otishmalar davom etmoqda

Dunyo
35
Tailand va Kambodja chegarasida otishmalar davom etmoqda
Tailand va Kambodja chegarasida yuzaga kelgan otishmalarni to‘xtatishga qaratilgan yangi sulh kelishuvi qaramay, Tailand hukumati Kambodjani uni atayin buzishda ayblamoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ikkala davlat dushanba kuni besh kun davom etgan harbiy to‘qnashuvlarga barham berish maqsadida sulhga erishgandi. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida kamida 33 kishi halok bo‘lgan va minglab odamlar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Tailand harbiylari o‘t ochishni dushanba kuni tungi soat 12:00 da to‘xtatganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, ertalabgacha Kambodja tomonidan turli hududlarda o‘q uzish davom etgani haqida xabarlar mavjud. Biroq Kambodja Mudofaa vazirligi Fransiyaning AFP agentligiga bergan bayonotida sulh e’lon qilinganidan keyin hech qanday qurolli to‘qnashuv bo‘lmaganini ta’kidladi.

Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan ushbu ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi chegara nizosi may oyida yana kuchaygan edi. O‘sha paytda bir kambodjalik askar halok bo‘lib, keyinchalik Tailand askarlari yerga yashirilgan mina portlashi natijasida jarohat olgandi.

Bu voqealar tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni so‘nggi o‘n yillikdagi eng past darajaga tushirdi. Dushanba kuni Malayziyada Kambodja bosh vaziri Xun Manet va Tailand bosh vaziri Fumtam Vechayachay o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim vositachiligida tashkil etildi. Xun Manet sulhni juda yaxshi natija deb baholadi.

Uzoq vaqt davomida qurol va texnik jihatdan ustun bo‘lgan Tailand dastlab muzokaralarga qiziqish bildirmagan, ammo AQSh prezidenti Donald Trampning savdo tariflari bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish bilan tahdid qilishi Bangkokni sulhga rozi bo‘lishga majbur qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026