Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Eron suv tanqisligi sababli favqulodda holat e’lon qildi

Dunyo
90
Eron suv tanqisligi sababli favqulodda holat e’lon qildi
Eron hududida suv tanqisligi muammosi keskin kuchaymoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘plab daryolar va suv omborlari qurib qolgan, suv omborlarining 80 foizi deyarli bo‘shab ketgan. Bu holat mamlakatda ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib kelmoqda va insonparvarlik falokati xavfini yuzaga keltirmoqda.

Hukumat favqulodda choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron hamda 50 dan ortiq yirik shaharlarda suv ta’minotiga cheklovlar joriy etilgan.

Ba’zi hududlarda suv ta’minoti 48 soatgacha uzilib qolmoqda. Bu aholi orasida norozilikka sabab bo‘lib, ko‘pchilik shimolga, Kaspiy dengizi sohiliga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

Prezident Masud Pezeshkian ilk bor poytaxtni ko‘chirish ehtimolini ochiq aytib, Tehronda suv tanqisligi jiddiy muammo ekanini ta’kidladi. Hukumat suv inqiroziga qarshi noan’anaviy choralarni ko‘rib chiqmoqda.

Ish haftasini qisqartirish, masofaviy ish rejimiga o‘tish va Tehronni vaqtincha yopish, jumladan maktablar va universitetlar faoliyatini to‘xtatish kabi choralar muhokama qilinmoqda. Vazirlar mahkamasi matbuot kotibi bu vaziyatni milliy muammo sifatida baholab, insonparvarlik falokatiga aylanishi mumkinligini ogohlantirdi.

Mutaxassislarning fikricha, inqirozning asosiy sabablari uzoq yillik qurg‘oqchilik va suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishdir. Ayniqsa, Islom Respublikasi rahbariyati ekologik muammolarga e’tibor berish o‘rniga qurolli guruhlarni moliyalashtirishga ustuvorlik bergan.

Bu esa suv tanqisligi muammosining chuqurlashishiga sabab bo‘lgan. Ekologlar va jamoatchilik Eron suv inqirozining kelajagi va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinishini katta xavotir bilan kuzatmoqda.

Ushbu muammo yanada yomonlashishi va aholining hayotiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, samarali va tezkor yechimlar ishlab chiqilishi muhim hisoblanadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026