Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Avstraliya 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaydi

Dunyo
52
Avstraliya 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaydi
Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi dunyodagi birinchi qonunni joriy qilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qonun doirasida TikTok, Instagram, Facebook, Snapchat, X (sobiq Twitter) va YouTube platformalarida 16 yoshdan kichiklar akkaunt ochishi taqiqlanadi. Qonun 2025-yilning dekabr oyidan kuchga kiradi.

Foydalanuvchilar video ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ammo ro‘yxatdan o‘tish, izoh qoldirish yoki video joylash taqiqlanadi. Google kompaniyasiga tegishli YouTube platformasi bu qarorga qarshi chiqdi va o‘zini ijtimoiy tarmoq emas, balki bolalarga foydali kontent taklif qiluvchi xizmat deb ta’kidladi.

Shu bilan birga, Avstraliya xavfsizlik komissari YouTube platformasini zararli kontent ko‘p uchraydigan joy sifatida baholab, taqiqni qo‘llab-quvvatladi. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese bu chorani ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan muhim qadam deb atadi.

Aloqa vaziri Anika Uells esa bu qarorni bolalar sog‘lig‘i uchun olib borilayotgan kurash sifatida ko‘rsatdi. Yangi qonunga rioya qilmagan texnologik kompaniyalar 50 million Avstraliya dollarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, ular mavjud akkauntlarni o‘chirish, yangi ro‘yxatdan o‘tishni to‘xtatish va cheklovlarni buzadigan harakatlarga barham berishi talab etiladi. Bu qonun bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularni zararli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan muhim chora hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026