Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Kamchatkada 8,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Dunyo
43
Kamchatkada 8,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu hodisa 1952-yildan beri ushbu hududda qayd etilgan eng kuchli yer silkinishi hisoblanadi. Zilzilaning markazi aynan Kamchatka yarimorolida joylashgan bo‘lib, kuchli silkinishlar nafaqat Rossiyada, balki Tinch okeani sohilidagi boshqa davlatlarda ham xavf tug‘dirmoqda.

Siesmologlar bir necha bor takroriy silkinishlar, ya’ni aftershoklar yuz berishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Zilzila natijasida Rossiya hukumati Kuril orollarida sunami xavfi haqida rasmiy ogohlantirish berdi.

Yaponiya tomoni esa uch metr balandlikdagi sunami to‘lqinlari yaqinlashayotgani haqida xabar berdi. Shu sababli qirg‘oqbo‘yidagi aholi favqulodda evakuatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, AQShning G‘arbiy sohillari, xususan Alyaska, Kaliforniya va Gavayi orollarida ham sunami xavfiga oid ogohlantirishlar berildi. AQSh Milliy okean va atmosfera boshqarmasi (NOAA) ehtimoliy xavfga tayyorgarlik darajasini oshirdi.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki katta vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq qidiruv va qutqaruv guruhlari tayyor holatga keltirilgan hamda xavfli hududlarda nazorat kuchaytirilgan.

Xalqaro siesmologlar fikricha, bu zilzila “Tinch okeani olov halqasi”dagi seysmik faollikning kuchayganidan dalolat beradi. Mutasaddilar barcha aholiga hushyor bo‘lish va favqulodda vaziyatlarga tayyor turishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29