Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

G‘azoda ocharchilikdan 154 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
35
G‘azoda ocharchilikdan 154 kishi halok bo‘ldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida ocharchilik sababli kamida yetti kishi vafot etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shu bilan birga, 2023 yilda boshlandi Isroil-Hamas mojarosidan beri ochlikdan nobud bo‘lganlar soni 154 nafarga yetdi, ularning 89 nafari bolalar ekani ta’kidlandi. BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan global oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassislari G‘azodagi vaziyatni eng og‘ir ssenariy sifatida baholab, ochlik xavfi allaqachon haqiqatga aylanayotganini ogohlantirmoqda.

Isroil tomoni G‘azoga gumanitar yordam kirishiga to‘sqinlik qilmayotganini bildirsa-da, bu da’volar BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan shubha ostiga olinmoqda. Chorshanba kuni ertalab G‘azoning janubidagi Rafiya hududida joylashgan Gumanitar Yordam Jamg‘armasi tarqatish markazi yaqinida olti nafar falastinlik halok bo‘ldi.

G‘azo shifoxona manbalarining xabar berishicha, ular yordam markazi ochilishidan oldin kirishga uringan paytda Isroil tanki tomonidan nishonga olingan. Biroq Gumanitar Yordam Jamg‘armasi bu hududda halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.

Isroil Mudofaa Kuchlari esa “guruhlanib turgan shubhali shaxslar” o‘z qo‘shinlariga tahdid solgani uchun uzoq masofadan ogohlantiruvchi o‘q uzganini ma’lum qildi. IDFning dastlabki tekshiruvlariga ko‘ra, xabar qilingan qurbonlar soni Isroil rasmiylari ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni 103 kishi halok bo‘lganini, ularning 60 nafari yordam izlab o‘lganini bildirdi. Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati Zikim hududida yordam kutayotgan fuqarolarga tegishli voqeada ikki kasalxonaga olti jasad keltirilganini va 274 kishi jarohat olganini ma’lum qildi.

Seshanba kuni G‘azoga atigi 109 ta yuk mashinasi yordam olib kirilgan, ammo ularning ko‘pchiligi manzilga yetmasdan talon-taroj qilingan. Yordam mashinalari yordamga muhtoj fuqarolar tomonidan qurshab olingan, ba’zilari oziq-ovqatni o‘z ehtiyoji uchun olgan, boshqalari esa uni bozorda sotish maqsadida egallagan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azodagi gumanitar inqirozni yumshatish uchun har kuni kamida 600 ta yordam mashinasi zarur. Isroil mart oyida yordam oqimini to‘liq to‘xtatgani sababli ikki oy davomida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzildi va harbiy harakatlar qayta boshlandi.

Bu harakat orqali Isroil Hamasdan qolgan garovdagilarni ozod qilishga bosim o‘tkazmoqchi edi. Xalqaro bosim va ogohlantirishlardan so‘ng blokada qisman yumshatildi, ammo oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i tanqisligi kuchayishda davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026