Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Rossiyada ekstremistik kontent uchun jarima kuchaytirildi

Dunyo
64
Rossiyada ekstremistik kontent uchun jarima kuchaytirildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekstremistik deb e’lon qilingan materiallarni internet orqali qasddan qidirganlik uchun ma’muriy jarima joriy etishni nazarda tutuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Kreml manbalari ma’lumot berdi. Endilikda Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan ekstremistik materiallar ro‘yxatidagi nashrlarni, jumladan VPN xizmatlari yordamida qidirgan shaxslarga 3 mingdan 5 ming rublgacha jarima solinadi.

Ya’ni, foydalanuvchi maxsus vositalar orqali bunday materiallarga qasddan murojaat qilgan taqdirda, jarimadan qochib qutulolmaydi. Shuningdek, VPN xizmatlarini targ‘ib qilganlik uchun ham jarima belgilandi.

Jismoniy shaxslarga 50 mingdan 80 ming rublgacha, mansabdor shaxslarga 80 mingdan 150 ming rublgacha, yuridik shaxslarga esa 200 mingdan 500 ming rublgacha jarima qo‘yiladi. Hozircha VPN xizmatidan oddiy foydalanish huquqbuzarlik hisoblanmaydi, ammo agar u qonunbuzarlikni yashirish yoki javobgarlikdan qochish uchun ishlatilsa, bu holat og‘irlashtiruvchi omil sifatida ko‘riladi.

17 iyul kuni Davlat Dumasida ushbu qonun loyihasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Ovoz berishda 306 deputat qo‘llab-quvvatladi, 67 nafar qarshi chiqdi, 22 nafari esa betaraf qoldi.

Yangi qonun Rossiyada internetda faoliyat yuritish uchun javobgarlikni yanada kuchaytiradi va davlat tomonidan ta’qiqlangan yoki nazorat qilinadigan kontentga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini anglatadi. Ushbu o‘zgarishlar 2025 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026