Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Zelenskiy devoni sobiq o‘rinbosarining uyida tintuv o‘tkazildi

Dunyo
87
Zelenskiy devoni sobiq o‘rinbosarining uyida tintuv o‘tkazildi
Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) tomonidan olib borilayotgan surishtiruv doirasida mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy devoni rahbarining sobiq o‘rinbosari Rostislav Shurmaga tegishli uyda tintuv o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Germaniyaning nufuzli “Der Spiegel” nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 15 iyul kuni Bavariya federal yerlaridan biri bo‘lgan Shtarnberg shahrida joylashgan Shurma yashaydigan manzilda nemis huquqni muhofaza qiluvchi organlari NABUning so‘rovi asosida tintuv ishlarini amalga oshirgan.

Nashr ta’kidicha, ushbu harakat Ukrainadagi siyosiy vaziyat uchun juda nozik davrda ro‘y berdi. Chunki bir hafta o‘tib, Zelenskiy korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi va korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturaning vakolatlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Rossiya bilan davom etayotgan urush fonida 41 yoshli Shurmaning qanday qilib Bavariyaga ko‘chib o‘tganiga oid aniq ma’lumotlar hozircha mavjud emas. Oldinroq “Ukrainskaya pravda” nashri manbalariga tayanib, prezident devoni rahbari Andrey Yermakning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shurma “manfaatlar to‘qnashuvi va AQSH rasmiylarining bosimi” sababli lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Shurmaning akasiga tegishli kompaniyalar “yashil tarif” mexanizmi orqali davlat mablag‘larini qoplagani haqidagi ma’lumotlar ommaga tarqalganidan so‘ng, xalqaro hamkorlar u bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan. Ukraina “NV” nashri esa Shurmaning ishdan bo‘shatilishi 2024 yil bahorida prezident Zelenskiy va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotlardan so‘ng rasmiylashtirilganini yozadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 2024 yil 3 sentyabr kuni lavozimidan ozod qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026