Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Rossiya armiyasi Ukrainada 121 mingdan ko‘p halok bo‘ldi

Dunyo
31
Rossiya armiyasi Ukrainada 121 mingdan ko‘p halok bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan keng qamrovli harbiy harakatlarda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni kamida 121 507 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Mediazona” nashri va Britaniyaning BBC rus xizmati jurnalistlari ko‘ngillilar jamoasi bilan hamkorlikda tayyorlagan aniq ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi. So‘nggi yangilangan statistika 2024 yil 1 avgust kuni e’lon qilindi.

Faqat 18 iyuldan boshlab ochiq manbalar orqali yana 2 353 nafar harbiy shaxsning shaxsi tasdiqlandi. “Mediazona” portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Boshqirdiston (5 889), Tatariston (5 565), Yekaterinburg (4 377) va Chelyabinsk (3 649) hududlaridan kelgan harbiylar eng ko‘p.

Ularning 27,3 foizi (33 152 kishi) ko‘ngillilar, 14,8 foizi (17 964) qamoqxonalardan jalb qilingan mahkumlar, 11 foizi (13 356) esa safarbar qilingan fuqarolardan iborat. Yosh guruhlari bo‘yicha eng ko‘p halok bo‘lganlar 30–32 yosh (10 366), 33–35 yosh (11 794), 36–38 yosh (11 614) va 39–41 yosh (10 625) orasidandir.

Shuningdek, Rossiya armiyasi va boshqa xavfsizlik kuchlari tarkibida xizmat qilgan 5 432 zobit, jumladan 12 nafar general ham Ukrainada halok bo‘lgan. Jurnalistlar ta’kidicha, haqiqiy yo‘qotishlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin, chunki harbiylar o‘limi haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda ommaviy manbalarda ochiq e’lon qilinmaydi.

2024 yil 14 iyulda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya armiyasi 2025 yil boshidan beri Ukrainada 100 mingdan ortiq askarini yo‘qotganini ma’lum qildi. Aprel oyida esa NATO Rossiya qurolli kuchlarining umumiy yo‘qotishlari 250 mingga yetgani va 650 ming nafar askarning jarohatlanganini bildirgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026