Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+21°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, janubi-g‘arb
ENRU

Xelsinkida 2024 yilda halokat bo‘lmadi

Dunyo
34
Xelsinkida 2024 yilda halokat bo‘lmadi
Finlyandiya poytaxti Xelsinki nafaqat obod va toza muhitga ega, balki xavfsiz harakat siyosati bilan ham dunyoda e’tibor qozongan shahar hisoblanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil davomida Xelsinkida birorta ham halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lmagan. Bu natijaga shahar ilk bor 2019 yilda erishgan va o‘shandan beri mahalliy rahbariyat ushbu yutuqni saqlab qolish hamda yanada mustahkamlash uchun doimiy ravishda chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

Shahar hokimiyatining asosiy maqsadi "Vision Zero" siyosati doirasida yo‘llarda o‘lim holatlarini butunlay yo‘q qilishdir. Bu dastur faqat shior emas, balki aniq reja va qat’iy amaliy choralarga asoslangan.

Masalan, yo‘llar toraytirilib, haydovchilarda ehtiyotkorlik oshirilmoqda. Yo‘l chetlariga daraxtlar ekilib, psixologik tormoz vazifasini bajaradi.

Shuningdek, shahar markazida tezlik cheklovi joriy qilindi; ko‘pgina hududlarda avtomobillar 30 kilometr soat tezlikdan oshmasligi belgilandi. Tartib va nazorat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlarini aniqlash uchun 70 dan ortiq yuqori aniqlikdagi kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu kameralar qoidabuzarlarni aniqlash bilan birga, haydovchilarni intizomga chaqiradi.

Politsiya patrullari soni oshirilib, ularning samaradorligi yaxshilandi. Shuningdek, piyodalar va velosipedchilar uchun qulay infratuzilma yaratildi.

Trotuarlar kengaytirilib, velosiped yo‘laklari alohida ajratib berildi. Jamoat transporti tizimi ham qayta ko‘rib chiqilib, avtobuslar, tramvaylar va metro qatnovlari ko‘paytirildi hamda grafiklar moslashtirildi.

Natijada, shahar aholisi avtomobilga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida yo‘llarda harakat ancha tinch, tartibli va xavfsiz bo‘ldi.

Eng muhimi, inson hayotini birinchi o‘ringa qo‘ygan siyosat o‘z samarasini bermoqda. Xelsinkining bu yutuqlari boshqa Yevropa shaharlari uchun ham namuna bo‘lmoqda, chunki ko‘plab shaharlar hali ham transport halokatlaridan aziyat chekmoqda.

Hozirda ular Xelsinki tajribasini o‘rganib, o‘z harakat tizimini yaxshilashga harakat qilmoqda. Finlyandiya xalqi yana bir bor isbotladi: inson hayoti qadrlansa, yo‘l xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilishi kerak.

Shunday yondashuv halokatlarni kamaytirishga yordam beradi va hayotni asrashda muhim omil hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026