Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Yeva Jobs Buyuk Britaniya chempioni bilan turmush qurdi

Dunyo
91
Yeva Jobs Buyuk Britaniya chempioni bilan turmush qurdi
Iyul oyining oxirida Apple kompaniyasi asoschilaridan biri, marhum Stiv Jobsning kichik qizi Yeva Jobs turmushga chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Uning turmush o‘rtog‘i Buyuk Britaniyaning olimpiada chempioni Garri Charlz bo‘ldi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.

Yosh juftlik to‘y marosimidan olingan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Unda Yeva va Garri an’anaviy nikoh liboslarida, tabassum bilan kameraga qarab turganlari ko‘rinadi.

Rasm ostida Yeva Jobs: “Biz turmush qurdik! Bu hayotimdagi eng muhim va baxtli hafta bo‘ldi.

Menga yordam bergan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarni sevaman!” deb yozdi.

Yeva Jobs va Garri Charlz o‘rtasidagi munosabatlar 2022 yilda boshlandi. Ular o‘z sevgisini 2024 yil yozida rasman e’lon qildi.

Yeva o‘sha paytda Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini ijtimoiy tarmoqlarda samimiy tabriklagan edi. To‘y marosimi Buyuk Britaniyaning Kotsuolds mintaqasidagi tarixiy Greyt-Tyu qishlog‘ida o‘tkazildi.

Nikoh tantanasi Estel mulkida bo‘lib, bir necha kun davomida yuqori darajadagi tadbirlar tashkil etildi. Asosiy marosim XII asrda qurilgan va hududdagi eng go‘zal ibodatxonalardan biri hisoblangan “Sent Maykl va Barcha Farishtalar” cherkovida bo‘lib o‘tdi.

To‘y nafaqat yaqin qarindoshlar, balki xalqaro ommaviy axborot vositalari e’tibor markazida ham bo‘ldi. Yeva Jobs nafaqat Stiv Jobsning merosxo‘ri, balki mustaqil shaxs sifatida ham tanilgan.

U moda, biznes va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadi hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega yoshlar qatoriga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026