Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

AUYE jinoiy guruhi yoshlar ongini zaharlamoqda

Dunyo
53
AUYE jinoiy guruhi yoshlar ongini zaharlamoqda
So‘nggi yillarda o‘smirlar va yoshlar hayotiga tahdid solayotgan xavfli omillardan biri sifatida turli jinoiy guruhlar va ularning submadaniyatlari ko‘rsatilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, “AUYE” nomli jinoiy harakat yoshlar orasida katta xavf tug‘dirmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati ushbu holat bo‘yicha ochiq bayonot berdi.

AUYE – Rossiya hududida shakllangan “Arestantskiy uklad yedin” iborasining qisqartmasi bo‘lib, u jinoiy dunyo qoidalariga asoslangan tashkilotdir. Bu harakat qamoqxona madaniyati va tartib-qoidalarini yoshlar orasida romantik tarzda targ‘ib qilib, jinoiy hayot tarzini ommalashtirishga harakat qiladi.

AUYE faqat ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘ngilochar kontent emas, balki yoshlarning ongini zaharlovchi, jinoiy muhitni targ‘ib qiluvchi tashkiliy tuzilmadir. Uning ta’siri nafaqat voyaga yetmaganlarga, balki chet elda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlarga ham yetib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda bir qator vatandoshlarimiz Rossiyada AUYE harakatiga aloqadorlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu holat fuqarolar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, AUYE guruhi o‘z targ‘ibotini asosan internet va ijtimoiy tarmoqlar, yopiq chatlar orqali amalga oshiradi. Ular yoshlarni o‘z ta’siriga olib, asta-sekin jinoiy muhitga jalb qiladi.

Bunday harakat yoshlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni jinoyatga yetaklashi mumkin. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida AUYE ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan.

Unda ishtirok etish yoki uni targ‘ib qilish 300 mingdan 600 ming rublgacha jarima yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etishga olib keladi. Ayrim hollarda esa 4 yilgacha majburiy mehnat yoki 6 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Bugungi kunda yoshlar va muhojirlarni bunday jinoiy harakatlardan himoya qilish nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning mas’uliyatidir. Bunday xavfli tashkilotlarning ta’siri kengaymasligi uchun har bir fuqaro hushyor bo‘lib, farzandi va yaqinlarining hayotidagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatishi zarur.

Jinoiy fikrlardan uzoq turish va bunday xavflarga e’tibor qaratish tinch va xavfsiz hayotga olib boruvchi muhim qadamdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026