Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Texasda demokrat qonunchilarni ishdan bo‘shatish da’vosi sudda

Dunyo
78
Texasda demokrat qonunchilarni ishdan bo‘shatish da’vosi sudda
Texas gubernatori Greg Abbott respublikachilar foydasiga saylov chegaralarini o‘zgartirish rejasini to‘xtatmoqchi bo‘lgan demokrat qonunchilarni lavozimdan bo‘shatish uchun Oliy sudga da’vo arizasi berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U ayniqsa, Demokratik partiya yetakchilaridan biri Jin Vu ustidan “hukumatni egallashga urinish” aybi bilan da’vo qilmoqda. Abbottning fikricha, 50 dan ortiq demokrat qonunchining shtatdan chiqib ketib, sessiyaga qaytmasligi ularning o‘z vazifasini tark etgani hisoblanadi va bu ularni ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘la oladi.

Masala sudda “quo warranto” deb ataluvchi kam ishlatiladigan qonuniy vosita orqali ko‘rib chiqilmoqda. Bu vosita mansabdor shaxsning lavozimga qonuniy egaligini aniqlashga qaratilgan.

Da’vo arizasida jinoyat qilgan qonunchilar, xususan Jin Vu lavozimidan chetlatilishi talab qilinmoqda. Respublika tarafdorlari bu yo‘l bilan sessiyani davom ettirib, saylov chegaralarini o‘zgartirishni maqsad qilgan.

Jin Vu esa bunday harakatni konstitutsiyaviy huquqlarni buzish deb baholamoqda va sessiyada qatnashmasligi siyosiy norozilik hamda qonunni himoya qilish ekanini ta’kidlamoqda. Hozirda Texas Oliy sudi ishni ko‘rib chiqmoqda va qaror juma kungi sessiyadan oldin e’lon qilinishi kutilmoqda.

Sudyaning barchasi respublikachilar partiyasidan bo‘lib, bosh sudya ilgari Abbottning yuridik maslahatchisi bo‘lgan. Bu esa sud qarori siyosiy jihatdan bir tomonlama bo‘lishi mumkinligi haqidagi savollarni yuzaga keltirmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026