Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

BP Braziliyada yangi yirik neft va gaz konini topdi

Dunyo
45
BP Braziliyada yangi yirik neft va gaz konini topdi
Jahon energetika bozorida muhim voqea yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Britaniyaning nufuzli British Petroleum (BP) kompaniyasi Braziliya sohillari yaqinida so‘nggi chorak asr ichida aniqlangan eng yirik neft va gaz konlaridan birini topdi. Yangi konga “Bumerang” nomi berildi.

U mamlakat janubi-sharqida, Rio-de-Janeyro shahridan 404 kilometr uzoqlikda joylashgan Santos havzasida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kon Atlantika okeanining tuz qatlami ostida joylashgan.

BP kompaniyasi 2022 yil dekabr oyida ushbu hududda qazib olish huquqini sotib olgan. Mutaxassislar 5855 metr chuqurlikda quduq burg‘ilab, 300 kvadrat kilometrdan ortiq maydonda katta zaxiralarni aniqladi.

Kashfiyotning yana bir muhim jihati karbonat angidrid miqdorining yuqori bo‘lishidir. Bu holat qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini murakkablashtirishi, xarajatlarni oshirishi mumkin.

Shuning uchun BP kompaniyasi qo‘shimcha laboratoriya tadqiqotlarini olib bormoqda va konning imkoniyatlarini batafsil o‘rganmoqda. “Bumerang” BP uchun 2025 yilda ochilgan o‘ninchi neft-gaz koni hisoblanadi.

Kompaniya faqat Braziliyada emas, balki Trinidad, Misr, Meksika ko‘rfazi, Liviya, Namibiya va Angolada ham yangi konlarni kashf etishda davom etmoqda. Yangi kashfiyot nafaqat Braziliya, balki butun jahon energetika bozori uchun katta ahamiyatga ega.

Okean ostidagi tuz qatlami ostida yashiringan boyliklarni samarali o‘zlashtirish BP ning ilmiy-texnik salohiyatini va xalqaro mavqeini yanada oshirishi kutilmoqda. Kelgusida kompaniya qo‘shimcha tadqiqotlar va yangi texnologiyalar yordamida “Bumerang” konidan qazilma mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu yangiliklar energetika sohasida raqobatni kuchaytirishi va istiqbollarni kengaytirishi aniqdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026