Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

AQSh Hindistonga Rossiya neftiga boj joriy qildi

Dunyo
31
AQSh Hindistonga Rossiya neftiga boj joriy qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonga Rossiyadan neft import qilgani uchun 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy qiluvchi farmoyishni imzoladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shu tariqa Hindistondan AQShga olib kiriladigan mahsulotlarga jami 50 foizgacha boj solinadi. Bu AQSh tomonidan qo‘llanilgan eng yuqori tariflardan biri hisoblanadi.

Oq uy bayonotida ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga tahdid solmoqda. Shuning uchun favqulodda vaziyatga mos ravishda qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Hindistonning Rossiya neftini import qilib, uni qayta sotishi esa Rossiya iqtisodiyotini mustahkamlab, urushni davom ettirishiga imkon yaratmoqda. Hindiston hukumatining fikricha, Trampning bu qarori asossiz va adolatsizdir.

Tashqi ishlar vazirligi vakili Randir Jaysvalning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning boshida AQSh Hindistonga Rossiya gazining bozor barqarorligini saqlash uchun zarurligini bildirgan. Hindiston esa an’anaviy yetkazib beruvchilar, ayniqsa Yevropaga yo‘naltirilgan ta’minotdagi muammolar sabab Rossiya neftini import qilishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

Shuningdek, Hindiston AQShning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lishiga qaramay, bu kabi sanksiyalarga norozilik bildiradi. O‘z iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bu voqea ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026