Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Netanyahu G‘azoda keng qamrovli hujum rejasini e’lon qildi

Dunyo
30
Netanyahu G‘azoda keng qamrovli hujum rejasini e’lon qildi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu G‘azo sektorida keng qamrovli hujum rejasini e’lon qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U “XAMAS”ni hokimiyatdan chetlatish va hududni vaqtincha nazoratga olib, keyinchalik arab kuchlariga topshirishni maqsad qilganini bildirdi. Netanyahu hududni uzoq muddat boshqarish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Hujum G‘azo shahri va markaziy lagerlarga qaratilishi mumkin. Bu joylarda taxminan bir million falastinlik yashaydi va asirlarning bir qismi ham shu yerda saqlanmoqda.

Operatsiya bir necha oy davom etishi, aholining majburiy ko‘chirilishi hamda gumanitar inqirozning chuqurlashishiga olib kelishi ehtimoli yuqori. Armiya bosh shtabi rahbari Eyol Zamir bu rejani “tuzoq” deb atadi.

Asirlar oilalari ham jiddiy xavotirda. Ular asirlarni faqat muzokaralar orqali ozod qilish mumkin, deb hisoblaydi.

Mahalliy matbuot hujum davomida tirik asirlar halok bo‘lishi ehtimoli borligini yozmoqda. So‘rovlar ko‘pchilik isroilliklar kelishuv tarafdori ekanini ko‘rsatmoqda.

Reja xalqaro hamkorlar o‘rtasida ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Buyuk Britaniya elchisi Simon Uolter bu qarorni “katta xato” deb atadi.

AQSh elchisi Mayk Xakkabi esa qaror Isroilga tegishli masala ekanini ta’kidladi. Netanyahu urushdan keyingi G‘azo bo‘yicha aniq reja taqdim etmagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026