Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Ukraina mojaro tez orada yangi bosqichga o‘tishi mumkin

Dunyo
26
Ukraina mojaro tez orada yangi bosqichga o‘tishi mumkin
Yevropa siyosiy maydonida yangi voqealar yuz bermoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Polsha bosh vaziri Donald Tuskning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro tez orada yangi bosqichga o‘tishi mumkin. U urush to‘liq tugamasada, uning muzlatilishi kutilganidan tez sodir bo‘lishi ehtimoli borligini ta’kidladi.

Tusk yaqinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan aloqada bo‘lganini bildirdi. Zelenskiy vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashsa-da, umidvor va optimistik kayfiyatda ekanligini aytdi.

Polsha rahbari shuningdek, Ukraina Yevropa davlatlari bilan kelgusidagi kelishuvlarda faol hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Tusk bilan bo‘lgan suhbat haqida ma’lumot berdi, ammo suhbatning muhim jihatlarini oshkor qilmadi.

Joriy haftada Ukraina prezidenti Germaniya kansleri Olaf Sholts, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen hamda boshqa Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatlar yakunida rasmiylar Ukrainaga qo‘llab-quvvatlash davom etayotgani haqida qisqacha bayonotlar berdi.

Shuningdek, Donald Trampning vositachilik harakatlariga e’tibor qaratilmoqda. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha komissari Anitta Hipper Rossiyaning haqiqiy tinchlikni xohlamasligini alohida ta’kidladi.

Donald Tramp 6 avgust kuni Yevropa rahbarlari bilan suhbatlashib, o‘zining maxsus vakili Stiven Uitkoffning Moskvadagi tashrifi natijalari haqida ma’lumot berdi. The Washington Post nashri manbalariga tayanib, Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv tayyorlanayotgani Yevropada xavotir uyg‘otayotganini yozdi.

Manbalarga ko‘ra, Trampdan qat’iyat va intizom kutilayotgan bo‘lsa-da, u Rossiya rahbariga bosim o‘tkazishga harakat qilmayapti. Ukrinadagi yuqori lavozimli amaldor anonim tarzda umid bildirgan: agar avvalgi qadam sifatida quruqlikda sulhsiz bo‘lsa-da, havo hujumlarini to‘xtatishga erishilsa, bu katta yutuq hisoblanadi.

Ammo u kelishuvlarning Rossiyaning faqat Trampni tinchlantirish uchun qo‘llayotgan taktikalari ekanini tan oldi. The Washington Post manbasining ta’kidlashicha, hozirda tomonlar o‘rtasida ishonch butunlay yo‘qolgan.

Hozirda Yevropa va Ukraina rahbarlari orasida xavotir bilan birga umid ham mavjud. Ya’ni, yaqin haftalarda Ukrainadagi vaziyat qanday o‘zgarishi, Yevropa va AQSHning pozitsiyasi qanday shakllanishi katta e’tibor markazida.

Mojaroning muzlatilishi masalasida haqiqiy yechim qanchalik yaqin ekanligi esa yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026