ENRU

Xitoyda yuqori lavozimli diplomat hibsga olindi

Dunyo
35
Xitoyda yuqori lavozimli diplomat hibsga olindi
Xitoy siyosiy elitasida muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari bo‘lgan tajribali diplomat va siyosiy arbob Lyu Szyanchao iyul oyining oxirida xorijiy safari tugagach, Pekinda kutilmaganda hibsga olindi. The New York Times nashri ishonchli manbalariga tayangan holda uning so‘roqqa tortilgani haqida xabar berdi.

Hozircha 61 yoshli yuqori lavozimli siyosatchining hibsga olinishi sababiga oid rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Gazeta jurnalistlari uning bilan bog‘lanishga harakat qilgan, ammo javob ololmagan.

Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va boshqa rasmiy idoralardan ham hodisa yuzasidan hech qanday bayonot berilmadi. 2023 yilda Sin Gang lavozimidan ketgach, Lyu Szyanchao Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilar edi.

U 2022 yildan beri 20 dan ortiq davlatga rasmiy tashriflar uyushtirib, 160 dan ziyod davlat vakillari bilan muzokaralar olib borgan. Jumladan, AQSH sobiq davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvlari uning xalqaro maydondagi faolligi va siyosiy mavqeyining oshishi haqida taxminlarni kuchaytirgan edi.

Hozirda Xitoy tashqi ishlar vazirligini Van I boshqarmoqda. Lyu Szyanchao atrofidagi vaziyat nafaqat Xitoy ichki siyosatida, balki xalqaro diplomatiyada ham katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kelgusida bu voqea ortidagi asosiy sabablar va natijalar aniq bo‘lib, Xitoyning tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya janubidagi Karak viloyatida mahalliy cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda qurolli hujum sodir etildi. Noma’lum shaxslar yig‘ilgan olomonni o‘qqa
DunyoKecha, 17:06