Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Zelenogradda baliqqa ultratovush orqali jarrohlik qilindi

Dunyo
38
Zelenogradda baliqqa ultratovush orqali jarrohlik qilindi
Rossiyaning Zelenograd shahridagi veterinariya klinikasida birinchi marta baliqqa ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi va muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti bajarildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, besh-yetti yosh atrofidagi biryuza akar balig‘i qorin sohasida shish bilan klinikaga olib kelingan. Bir hafta ichida shish tez o‘sib, baliqning suzish qobiliyati yomonlashgan hamda hojat chiqarishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Shuningdek, o‘sma yorilishi xavfi ham mavjud edi. Klinika veterinarlari tekshiruv davomida ultratovush mutaxassisi Tatyana Baragina baliq qorin bo‘shlig‘ida qonli suyuqlik to‘plangan kista aniqladi.

Shundan so‘ng jarroh Nadejda Kuzina punksiya usuli yordamida kistaning mazmunini tozalash amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu tibbiy muolaja klinika amaliyotida ilk bor qo‘llanilib, tajriba ijobiy natija berdi.

Operatsiyadan so‘ng baliq o‘zining faol harakatlarini tikladi va normal suzish holatiga qaytdi. Mutasaddilar baliq bir muddat shifokorlar nazoratida bo‘lishi kerakligini, chunki kista qayta suyuqlik to‘plash xavfi mavjudligini ta’kidladi.

Ushbu amaliyot hayvonlar salomatligini saqlashda yangi imkoniyatlar ochdi va kelgusida shunga o‘xshash holatlarda samarali davolash usullaridan foydalanishga asos yaratdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026