Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Rossiyada shimoliy koreys ishchilari majburiy mehnatda

Dunyo
35
Rossiyada shimoliy koreys ishchilari majburiy mehnatda
Rossiyada mehnat tanqisligini bartaraf etish maqsadida minglab shimoliy koreys ishchilari qurilish, zavod va ishlab chiqarish sohalarida og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga majbur qilinmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina urushi sabab yuzaga kelgan mehnat yetishmovchiligini bartaraf etish uchun Shimoliy Koreyadan 50 minggacha ishchi jalb qilishni rejalashtirmoqda. 2024-yilda Rossiyaga 13 mingdan ortiq koreys ishchisi kiritilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi “talaba vizasi” orqali olib kirilgan.

Bu esa BMT tomonidan qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tish usuli sifatida baholanmoqda. Qochib chiqqan ishchilar 18 soatdan ortiq ishlashga, yil davomida faqat ikki kun dam olishga majbur bo‘lganini, sovuq va nosoz turar joylarda yashashga majbur ekanliklarini bildirgan.

Ular Shimoliy Koreya xavfsizlik xodimlari nazorati ostida bo‘lib, tashqariga chiqish imkoniyatlari deyarli yo‘q. Jarohatlanganlar ham ishlashga majbur qilingan holatlar mavjud.

Mutaxassislarning fikricha, bu tizim Shimoliy Koreya uchun katta moliyaviy manba hisoblanadi. Ishchilarning asosiy daromadi Pxenyanga yuboriladi, ularga esa oyiga atigi 100-200 AQSh dollari qoldiriladi.

Ushbu pullar vatanga qaytgach beriladi, bu esa qochish imkoniyatlarini yanada kamaytiradi. Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, Rossiyadan qochib kelayotgan ishchilar soni kamaymoqda: agar 2022-yilda bu raqam 20 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 10 nafarga tushgan.

Kuzatuvchilar ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy yaqinlashuv natijasida bu holat yanada kuchayishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026