Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Hindistonda yo‘lbars hujumida o‘qituvchi halok bo‘ldi

Dunyo
32
Hindistonda yo‘lbars hujumida o‘qituvchi halok bo‘ldi
Hindistonda 23 yoshli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yo‘lbars hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u qo‘ziqorin terish uchun o‘rmonga kirgan va uyiga qaytmagan. Mahalliy aholi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida uning jasadi o‘rmon ichida, faqat yuzi va oyoqlari qolgan holda topilgan.

Bu hodisa Hindistonda yo‘lbarslarning insonlarga nisbatan qilgan navbatdagi halokatli hujumlaridan biridir. Joriy yil iyul oyida Sundarbanda yo‘lbars bir kishini tishlab, yana bir jabrlanuvchi hanuz topilmagan.

Bundan tashqari, Maxarashtra shtatidagi Parseoni shahri yaqinida ham dehqon yo‘lbars qurboni bo‘lgan. O‘rmon xodimlari hodisa joyida yo‘lbars izlarini aniqlashgan.

So‘nggi yillarda bunday fojialar soni oshgani mutaxassislar tomonidan o‘rmon maydonlarining qisqarishi va odamlarning tabiiy muhitga yaqinlashishi bilan izohlanmoqda. Qishloq aholisi yoqilg‘i, qo‘ziqorin va boshqa resurslar izlab tez-tez o‘rmonga kiradi, bu esa ularni xavf ostida qoldiradi.

Ayrim hududlarda bolalar ham hayotlarini asrash maqsadida bolta ko‘tarib yurishga majbur bo‘lmoqda, chunki yirtqich hayvonlar tahdidi ortib bormoqda. Hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va aholini ogoh qilish muhim hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026