Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Rossiya qo‘shinlari Pokrovsk yo‘nalishida ilg‘arilmoqda

Dunyo
70
Rossiya qo‘shinlari Pokrovsk yo‘nalishida ilg‘arilmoqda
So‘nggi kunlarda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi jang maydonidagi eng muhim nuqta – Donetsk viloyatidagi Pokrovsk yo‘nalishi yana diqqat markazida. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bir qancha manbalarga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari Dobropole shahri atrofida Ukrain mudofaasini yorib o‘tib, Kramatorsk va Slovyansk tomon ilg‘arilamoqda. Biroq bu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan hali tasdiqlanmagan va internetda bunday chuqur harakatni tasdiqlovchi videoyozuvlar mavjud emas.

OSINT tahlilchilari ham maydondagi vaziyatni o‘rganmoqda. Ukraina mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan DeepState OSINT loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik qo‘shinlar Pokrovskning shimolida 8-10 kilometrga ilg‘arib, Kucherov Yar va Zolotoy Kolodes qishloqlariga yetib borgan.

Ular bu hududda kuch to‘plab, keyingi harakat uchun pozitsiyalarni mustahkamlashmoqda. Shuningdek, Veseloye qishlog‘iga o‘tgan kichik guruhlar ham qayd etilgan.

Rossiya armiyasi Dobropole-Kramatorsk yo‘li bo‘ylab Novovodyanoye va Petrovka qishloqlarida mustahkamlanishga harakat qilmoqda. DeepState tahlilchilari rossiyaliklar ukrain qurolli kuchlari tomonidan qurilgan muhandislik to‘siqlarini aylanib o‘tib, keyinchalik ularni o‘z mudofaasi uchun ishlatayotganini ta’kidlashmoqda.

Agar Zolotoy Kolodes, Kucherov Yar, Veseloye va yaqin atrofdagi qishloqlar nazoratga olinadigan bo‘lsa, Dobropole shahri Pokrovskdan oldinroq qulashi mumkin. Xalqaro harbiy tahlilchilar ham vaziyatni kuzatmoqda.

Finlyandiyalik harbiy ekspert Pasi Paroynenning fikricha, 9-11 avgust kunlari Rossiya qo‘shinlari ukrain mudofaasiga taxminan 17 kilometr chuqur kirgan. Ba’zi manbalar Rossiya guruhlarining Dobropole chekkasiga yaqinlashganini ham bildirgan.

“Ukrainskaya Pravda” nashrining yozishicha, may oyidan iyul oxirigacha bo‘lgan harakatlar Pokrovsk-Konstantinovka yo‘lining uzilishi xavfini kuchaytirgan. Ushbu yo‘l shahar uchun asosiy ta’minot yo‘nalishi hisoblanadi.

Iyunda esa Rossiya dronlari hujumi sababli bu yo‘l vaqtincha yopilgan edi. Ukraina qurolli kuchlari “Dnepr” guruhi Rossiya qo‘shinlari kichik guruhlarga bo‘linib, birinchi mudofaa chizig‘ini buzishga urinayotganini ma’lum qilgan.

Shunga qaramay, ular hududlar to‘liq nazoratga olinmaganini ta’kidladi. “Azov” bo‘linmalari esa Pokrovske yaqinida mudofaa chizig‘ini mustahkamlashganini bildirgan.

“Azov” sobiq qo‘mondoni Bogdan Krotevich prezident Zelenskiyga murojaat qilib, vaziyatning juda og‘ir ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, ukrain qo‘mondonligidagi xatolar va kuchlar yetishmovchiligi rossiyalik qo‘shinlarning tez ilg‘arishiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiyadagi ayrim manbalar Dobropole yo‘nalishida diversiya va razvedka guruhlari faoliyat ko‘rsatayotganini aytmoqda. Biroq hozircha keng ko‘lamli muvaffaqiyat haqida aniq dalillar mavjud emas.

Siyosatshunos Sergey Markov bu vaziyatni Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar oldidan yuzaga kelgan “suvenir” deb atadi. 15 avgust kuni Alyaskada o‘tadigan sammitda Tramp va Putin Ukraina mojarosini muhokama qilishi kutilmoqda.

Ba’zi OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Putin Donetskning ukrain nazoratidagi qismini ham o‘z nazoratiga olishni istamoqda, ammo Xerson va Zaporijiyaning bosib olingan hududlarini qaytarish niyati yo‘q. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Zelenskiy hech qanday hudud berilishiga rozi emasligini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59