Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Netanyahu garovdagilarni bir vaqtning o‘zida ozod qilishni istaydi

Dunyo
25
Netanyahu garovdagilarni bir vaqtning o‘zida ozod qilishni istaydi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu G‘azodagi sulh bo‘yicha muzokaralarda asosiy maqsad barcha garovdagilarni bir vaqtning o‘zida ozod qilish ekanini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki rejada 60 kunlik sulh va garovdagilarning bir qismini ozod etish ko‘zda tutilgan edi. Hozirda Hamas vakillari Qohirada Misr rasmiylari bilan dastlabki muzokaralar olib bormoqda.

Xabarlarga ko‘ra, vositachilar kelgusi haftalarda kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. O‘tgan oyda muzokaralar to‘xtatilgach, Isroil butun G‘azoni egallash rejasini e’lon qilgan.

So‘nggi kunlarda G‘azoda hujumlar kuchaygan. Hamas boshqaruvidagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutkada kamida 123 kishi halok bo‘lgan.

Ayniqsa, G‘azo shahridagi Zaytun tumani eng ko‘p zarba ostida qolgan, bu hududda o‘nlab tinch aholi, jumladan bolalar halok bo‘lgan. Netanyahu barcha garovdagilar qaytarilmaguncha urush tugamasligini ta’kidladi.

Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, 7-oktabr hujumida garovga olingan 251 kishidan 50 nafari hanuz G‘azoda, ulardan 20 nafari tirik. Misr va Qatar barcha garovdagilarni ozod qilish evaziga urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda.

Hamas garovdagilarni falastinlik mahbuslarga almashtirish va Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishni talab qilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa G‘azoda ocharchilik xavfi keskin kuchayganini, aholini majburiy ko‘chirish esa xalqaro huquqni buzishini ogohlantirmoqda.

Sulh jarayonlari davom etmoqda va tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish uchun harakatlar davom etmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026