Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

2028 yilda Samarqand IAC kosmik anjumaniga mezbonlik qiladi

Dunyo
66
2028 yilda Samarqand IAC kosmik anjumaniga mezbonlik qiladi
2028 yilda Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi eng yirik kosmik anjumanlardan biri bo‘lmish International Astronautical Congress (IAC)ga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Agar ushbu reja amalga oshsa, dunyoning yetakchi kosmik sanoati vakillari, ilmiy markazlar, yirik agentliklar va startaplar mamlakatimizda birlashadi. Har yili IAC anjumanida taxminan 10 mingga yaqin ishtirokchi qatnashadi.

Ular orasida xalqaro kosmik agentliklar, ilmiy-tadqiqot institutlari, texnologik kompaniyalar va startaplar mavjud. Oldingi yillarda ushbu anjuman Boku (2023), Milan (2024), Parij (2022), Dubay (2021), Vashington (2019), Bremen (2018) va Adelaida (2017) shaharlarida o‘tkazilgan.

Masalan, Parijdagi IAC-2022 Fransiyaning global kosmik sohadagi mavqeini mustahkamladi, Avstraliyadagi 2017 yilgi anjumandan so‘ng esa mamlakatda kosmik agentlik tashkil etilgan. O‘zbekiston nomzodi sifatida Uzcosmos vakillari 2028 yilgi anjumani Samarqandda o‘tkazish taklifini rasmiy tarzda ilgari surdi.

Agar bu amalga oshsa, mamlakatimiz xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, ilmiy markazlar, texnoparklar va inkubatorlar qurilishi uchun xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Tayyorgarlik jarayonida Xalqaro Astronavtika Federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shaharlarida bo‘lib, infratuzilma, moddiy-texnik baza, transport va mehmonxona tizimini o‘rgandi. Shuningdek, xavfsizlik choralari hamda ijtimoiy tadbirlar uchun sharoitlar baholandi.

Shu bilan birga, Ilon Mask IAC anjumanlarida maxsus mehmon sifatida bir necha bor qatnashgan va o‘zining muvaffaqiyatli kosmik loyihalarini taqdim etgan. Agar 2028 yilda anjuman Samarqandda o‘tkazilsa, uning shaxsan ishtirok etishi ehtimoli mavjud, ammo hozircha bu rasmiy tasdiqlanmagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026