ENRU

Bavariyada temiryo‘l kabellari kesildi, politsiya tergovda

Dunyo
32
Bavariyada temiryo‘l kabellari kesildi, politsiya tergovda
Germaniyaning Bavariya viloyatida temiryo‘l infratuzilmasiga qarshi yangi hujum sodir bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

12 avgust kuni ertalab soat 5:00 larda Koburg shahri yaqinidagi Rodental yo‘nalishida strelka va signal tizimlarida foydalaniladigan bir nechta kabellar noma’lum shaxslar tomonidan kesib tashlandi. Kabellar tezda ta’mirlandi, biroq politsiya bu hodisani diversiya, ya’ni qasddan amalga oshirilgan hujum sifatida o‘rganmoqda.

Zarar miqdori hozirgacha taxminan 20 ming yevroga baholanmoqda. Bu voqea iyul oyidan buyon Germaniyada temiryo‘l tarmog‘ida ro‘y bergan to‘rtinchi shunday hodisa hisoblanadi.

Oldinroq Dyusseldorf va Saksoniya-Anhalt hududlarida temiryo‘l obyektlariga yong‘in qo‘yilgan edi. Ushbu hujumlar uchun “Kommando Angry Birds” nomli chap radikal guruh o‘zini javobgar deb tan olgan.

Hozirgi paytda politsiya hodisaning sabablarini aniqlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Temiryo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashi uchun bunday hujumlarning oldini olish muhim hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13