Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Rossiyada Telegram va WhatsAppda ovozli qo‘ng‘iroqlar cheklandi

Dunyo
55
Rossiyada Telegram va WhatsAppda ovozli qo‘ng‘iroqlar cheklandi
Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlarida ovozli qo‘ng‘iroqlarga qisman cheklovlar joriy etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish federal xizmati, ya’ni Roskomnadzor ma’lum qildi. Tashkilotning aytishicha, ushbu choralar jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ko‘plab murojaatlaridan so‘ng qabul qilingan.

So‘nggi paytlarda firibgarlik va xavfli chaqiriqlar aynan ovozli qo‘ng‘iroqlar orqali ko‘paygan. Roskomnadzor ma’lumotiga ko‘ra, bu messenjerlar orqali fuqarolarni aldash, pul undirib olish, shuningdek, diversiya va terrorchilik harakatlariga jalb qilish holatlari ko‘p uchramoqda.

Shu sababli Telegram va WhatsApp egalariga jinoyatchilikka qarshi chora ko‘rish bo‘yicha bir necha marta talablar yuborilgan, ammo ular bajarilmagan. Natijada, cheklovlar faqat ovozli qo‘ng‘iroqlarga taalluqli bo‘lib, matnli xabarlar, fayl yuborish kabi boshqa funksiyalar ishlashda davom etadi.

Bundan tashqari, 2024 yildan boshlab Rossiyada “Antifrod” tizimi orqali raqamni soxtalashtirish asosida qilingan qo‘ng‘iroqlar operatorlar tomonidan bloklanmoqda. Ammo shu paytda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan messenjerlar orqali qo‘ng‘iroqlar soni oshgani qayd etilgan.

WhatsApp matbuot xizmati end-to-end shifrlash tizimi haqida ma’lumot berib, bu tizim ma’lumotni faqat yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘qishi uchun mo‘ljallanganini, shuningdek, hukumatlarning xavfsiz muloqotni buzishga urinishlariga qarshi turishini ta’kidladi. Shu bois, Rossiya hukumati mamlakatdagi yuz milliondan ortiq foydalanuvchilar uchun cheklov joriy etishga harakat qilmoqda.

Telegram matbuot xizmati esa platformaning zararli faoliyatga qarshi faol kurashayotganini ma’lum qildi. Ular sun’iy intellekt vositalari yordamida ochiq kanallarni nazorat qilish, har kuni millionlab zararli xabarlarni o‘chirish va qo‘ng‘iroqlar uchun maxfiylik sozlamalarini joriy qilish orqali foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Shuningdek, 11 avgust kuni Downdetector xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, WhatsApp va Telegramda keng ko‘lamli texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Rossiya foydalanuvchilari tomonidan kelgan shikoyatlar soni 10 avgustdan beri keskin ko‘paygan va aksariyati videoqo‘ng‘iroqlar paytidagi aloqa uzilishlariga taalluqli.

Rossiya Markaziy bankining 2025 yil fevral oyidagi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik holatlarining 45,6 foizi mobil aloqa orqali, 15,7 foizi esa messenjerlar orqali sodir etilgan. Mutaxassislar fikricha, joriy etilgan cheklovlar ayrim xavfli sxemalarni to‘xtatishi mumkin, ammo foydalanuvchilarning kundalik muloqot erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026