ENRU

Insta360 xodimlari vazn tashlab, million yutdi

Dunyo
91
Insta360 xodimlari vazn tashlab, million yutdi
Xitoyning janubiy Guandun provinsiyasida joylashgan Insta360 kompaniyasi o‘z xodimlari uchun noyob va motivatsion aksiyani yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

“Ozing va pul ishlang” deb nomlangan ushbu dasturda ishtirok etish qoidalari juda sodda: har bir yo‘qotilgan 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (taxminan 70 dollar) mukofot beradi. Shu bilan birga, tizim ikki tomonlama ishlaydi — agar xodim vazn orttirsa, har bir qo‘shilgan 500 gramm uchun 800 yuan (112 dollar) jarima to‘laydi.

Qiziq tomoni shundaki, hozirgacha hech kim jarimaga tortilmagan. Aksiyaga 99 nafar xodim qo‘shilib, jami 950 kilogramm vazn tashlashdi va 1 million yuandan ortiq mukofot oldilar.

Kompaniya rahbariyatining ta’kidlashicha, bu dasturning maqsadi faqat vazn kamaytirish emas, balki sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va ish joyida ijobiy muhit yaratishdir. Ushbu tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi va ko‘plab foydalanuvchilar o‘z kompaniyalarida ham shunday loyihalar tashkil etilishini istashlarini bildirishdi.

Avvalroq Guandundagi Wonderlab kompaniyasi ham bir oylik vazn yo‘qotish tanlovini o‘tkazgan edi. Unda 224 kishi ishtirok etib, jami 750 kilogramm vazn yo‘qotgan va 171 ming yuan mukofotni bo‘lishgan.

Tanlovda eng yaxshi natijani qayd etgan ishtirokchi 16,4 kilogramm vazn tashlab, 7600 yuan yutgan. Mutaxassislar ta’kidicha, bunday loyihalar Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining vazn nazorati va semirishga qarshi kurash dasturiga mos keladi.

Milliy statistikaga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatdagi kattalarning 57 foizi ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekmoqda. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 65 foizga yetishi mumkin va bu sog‘liqni saqlash xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Shu sababli kompaniyalar tomonidan bunday tashabbuslar salomatlikni saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59