Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Isroil va Janubiy Sudan falastinliklarni ko‘chirishni muhokama qilmoqda

Dunyo
33
Isroil va Janubiy Sudan falastinliklarni ko‘chirishni muhokama qilmoqda
Isroil va Janubiy Sudan rasmiylari G‘azo sektoridan falastinliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirish masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hozircha bu borada hech qanday rasmiy kelishuvga erishilmagan, ammo suhbatlar davom etmoqda. Rejaga ko‘ra, ikki yildan beri urush ta’sirida qolgan G‘azodagi aholi siyosiy va etnik mojaro mavjud bo‘lgan Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin.

Biroq, bu g‘oya falastinliklar va ko‘plab xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilinmoqda. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azoda harbiy nazoratni kuchaytirishni va falastinliklarning hududni ixtiyoriy tark etishini taklif qilgan.

Falastin rahbarlari esa bu taklifni 1948-yildagi “Nakba” voqeasi bilan taqqoslab, qat’iyan rad etdi. Janubiy Sudan Tashqi ishlar vazirligi esa dastlab bunday rejalarga oid xabarlarni asossiz deb atagan.

Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oy Isroilda Janubiy Sudan tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv chog‘ida bu masala muhokama qilingan. Isroil Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sharren Haskel esa yaqinda Juba shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda falastinliklarni ko‘chirish haqida gap bo‘lmagani, uchrashuvlar asosan tashqi siyosat, xalqaro tashkilotlar va Janubiy Sudandagi gumanitar vaziyatga bag‘ishlanganini ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda bu masala xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib, uning yechimi uchun ko‘proq muloqot va muzokaralar zarur.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026