ENRU

Tanzaniyada ko‘krakdan sakkiz yillik pichoq olib tashlandi

Dunyo
30
Tanzaniyada ko‘krakdan sakkiz yillik pichoq olib tashlandi
Tanzaniyada shifokorlar noyob holatga duch kelishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ular 44 yoshli bemorning ko‘kragidan sakkiz yil davomida tanasida qolib ketgan pichoqni olib tashlashdi. Bemor shifoxonaga o‘ng ko‘kragidan yiringli suyuqlik chiqishi sababli murojaat qilgan.

Dastlab shifokorlar aniq tashxis qo‘yishda qiynalishdi, chunki boshqa jiddiy shikoyatlar yo‘q edi. Bemor esa bir necha yil oldin olgan pichoq jarohati haqida ma’lumot bergach, masalaning sababi ochiqlandi.

Rentgen tekshiruvi natijasida ko‘krak sohasida katta pichoq tig‘i qolganligi aniqlangan. Qiziq tomoni, pichoq o‘ng yelka suyagining yonida joylashib, boshqa muhim organlarga zarar bermagan.

Bemor darhol jarrohlik amaliyotiga yuborildi. Operatsiya davomida shifokorlar pichoqni va uning ta’sirida paydo bo‘lgan o‘lik to‘qimalarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlashdi.

Keyin bemor bir kun intensiv terapiya bo‘limida kuzatildi va so‘ngra umumiy palataga ko‘chirildi. U yerda 10 kun davomida davolandi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday hodisalar tibbiyot amaliyotida juda kam uchraydi. Ushbu holat bemor sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘dirgan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam uning hayotini saqlab qoldi.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34